$
 12015.96
-26.53
 14051.46
-96.06
 160.30
-0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Saida Mirziyoyeva Samarqandda: Aholining ijtimoiy masalalari o‘rganildi

saida

Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan tanishdi.

Ichimlik suv masalasi

Tashrif doirasida dastlab Toyloq tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, Bog‘ichinor mahallasidagi mavjud suv inshootining holati o‘rganildi. Mazkur inshootning texnik muddati o‘tib ketgani sababli aholi ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanmagani qayd etildi.

Loyiha doirasida ushbu inshootni rekonstruksiya qilish hamda 8,5 kilometr yangi suv tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 3 mingdan ortiq aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suviga ega bo‘ladi.

Poliklinika faoliyati oʻrganildi 

Shuningdek, Urgut tumanida ham amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi. Tashrif davomida “Bahrin” mahallasida joylashgan “Navoiy” oilaviy poliklinikasi faoliyati o‘rganildi. Ushbu tibbiyot muassasasi to‘liq rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha binolar va 20 o‘rinli tug‘ruq bo‘limi barpo etilgan. Poliklinika 13 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan.

Urgut tumanida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va oilaviy poliklinikalar infratuzilmasini yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlangan. Yil yakuniga qadar 23 ta ob’yektni rekonstruksiya qilish va 770 nafar mutaxassisni o‘qitish rejalashtirilgani qayd etildi.

Aholi bilan muloqot 

Saida Mirziyoyeva shuningdek, mahalliy aholi bilan muloqot qildi. Jumladan, fermer Xaydarovlar oilasi xonadonida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanish va ko‘p tarmoqli xo‘jalik yuritish tajribasi bilan tanishdi. Ushbu tajriba aholi bandligini ta’minlash va daromadlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Теги :
Jamiyat