$
 12013.52
-10.88
 13649.76
6.88
 159.95
-0.46
weather
+26
Кечаси   +14°

Bu yilgi “Oltin qalam” kimlarga nasib qildi?

oltin qalam

Toshkent shahrida jurnalistika sohasidagi eng nufuzli tanlovlardan biri — “Oltin qalam – 2026” xalqaro milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblari

— “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish islohotlari yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” — “Mahalla” gazetasi tahririyati jamoasi (Bosh muharrir Baxtiyor Abdusattorov).

— “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyotni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi materiallar uchun” — “Yangi O‘zbekiston” gazetasi jurnalisti Boboravshan G‘oziddinov.

— “Davlat tilini rivojlantirish va uning nufuzini oshirishga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” — faxriy jurnalist Zuhriddin Isomiddinov.

— “Ayollarning jamiyatdagi o‘rni va islohotlardagi ishtiroki yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” — “Saodat” jurnali muharriri Feruza Oripova.

— “Jamiyatdagi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun” — “21 asr” gazetasining Qoraqalpog‘iston va Xorazm bo‘yicha muxbiri Ro‘zimboy Xasanov.

— “Sport sohasidagi islohotlar natijalari yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” — “Sport” telekanali katta muharriri Shafoat Tolibjonova.

— “Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan eng yaxshi milliy kontent uchun” — “Qisqasi” loyihasi muallifi Jaloliddin Mirzayev.

— “Yoshlarga oid davlat siyosati yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” — “Milliy tiklanish” gazetasi tahririyati.

— “Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” — Eshqobil Shukur.

— “Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” — “Navbahor” gazetasi tahririyati jamoasi (Bosh muharrir Jamoliddin Mirzayev).

— “Eng yaxshi fotoreportaj uchun” — O‘zA fotomuxbiri Almurat Mamadaminov.

Rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblarining har biri 41 million 200 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bosma nashrlar yo‘nalishi

🥇 1-o‘rin — “Jadid” gazetasi tahririyati jamoasi (Bosh muharrir Iqbol Mirzo).

🥈 2-o‘rin — taniqli jurnalist, Mudofaa vaziri maslahatchisi Olimjon Usarov.

🥉 3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston bo‘yicha muxbir Alyona Aminova.

Internet nashrlari yo‘nalishi

🥇 1-o‘rin — “Anhor.uz” bosh muharriri o‘rinbosari Boburjon Karimov.

🥈 2-o‘rin — “Zamon.uz” bosh muharriri o‘rinbosari Javohirbek Tursunov.

🥉 3-o‘rin — “Ishonch.uz” muharriri Maftuna Karimova.

Radio yo‘nalishi

🥇 1-o‘rin — “Yoshlar” radiosi bosh muharriri Nargiza Kamolova.

🥈 2-o‘rin — “Oriyat Dono” radiosi boshlovchisi Sanjar Tursunov.

🥉 3-o‘rin — “Navoiy” radiosi katta muharriri Shahnoza Mahmudova.

Televideniye yo‘nalishi

🥇 1-o‘rin — “Ruhsor” telekanali muxbiri Ahrorjon Ziyatov.

🥈 2-o‘rin — “Safar” teleloyihasi muallifi Umidaxon Nurmatova.

🥉 3-o‘rin — “Renessans” telekanali jurnalisti Olloyorxon Xasanov.

“Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi g‘oliblari

🥇1- o‘rin —

Robert Fransis, Rossiya VKTR

🥈2-o‘rin — Didye Lapush, Fransiya, To‘lenbay Qurbanov(Marhum), “Kabar” jurnalisti, Viktor Gotenber, AQSH

🥉3-o‘rin — Muhammad Abbosxon, Pokistonlik jurnalist

Bosh mukofot

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning Bosh milliy mukofoti g‘olibi — “O‘zbekiston 24”, Tahlilnoma jamoasi

Eslatib o‘tamiz, bosh sovrin BYD “Chazor” avtomobili.

Теги :
Jamiyat