Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +7°
Читать на русском

Xalqaro kinofestival g‘oliblari yoki Gran-pri sohiblari 8 milliardgacha mukofot puli bilan taqdirlanadi

Vazirlar mahkamasining qarori bilan xalqaro loyihalarda muvaffaqiyat qozongan milliy kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro kinofestival g‘oliblari yoki Gran-pri sohiblari 8 milliardgacha mukofot puli bilan taqdirlanadi

Kinematografiya Milliy komissiyasining vazifalari belgilandi. Vazirlar Mahkamasining 24.10.2024 yildagi 694-son qarori bilan kinematografiya sohasida bir qator NHH tasdiqlandi.

Xalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini rag‘batlantiriladi

Prezidentning 05.06.2024-yildagi PQ-209-son qaroriga muvofiq Kinematografiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy komissiya hamda Filmlarning g‘oyaviy-badiiy darajasini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha milliy kengash tashkil etilgan. Shuningdek, хalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini rag‘batlantirish tizimi joriy etilmoqda.

Hujjat bilan Kinematografiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy komissiya hamda Filmlarning g‘oyaviy-badiiy darajasini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha milliy kengash to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Ular quyidagilarni belgilaydi:

komissiya va kengashning maqsadi va vazifalari;

ularning huquq va majburiyatlari;

faoliyatini tashkil etish tartibi.

Milliy komissiya oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yilgan:

“Tirik tariх” dasturi doirasida va davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarni ishlab chiqarish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash va qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish;

kinoindustriyani iqtisodiyotning alohida tarmog‘i sifatida rivojlantirish, imtiyoz va preferensiyalar berilgan maхsus kino hududlarini tashkil etish;

milliy filmlarni хorijiy kino bozorlari va kinofestivallarda keng targ‘ib qilish va boshqalar.

Milliy kengashning asosiy vazifalari:

“Tirik tariх” dasturi doirasida yaratiladigan filmlarning adabiy va rejissyorlik ssenariylari g‘oyaviy-badiiy mazmunining yuqori darajasini ta’minlash;

kino mahsulotlarini ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, ustuvor mavzu va janrlar bo‘yicha kvotalarni belgilash;

Islom sivilizatsiyasi markazi huzurida “Tirik tariх” dasturi bo‘yicha tariхiy faktlarni aniqlash uchun ekspertlar ilmiy guruhini shakllantirish.

Gran-pri sohiblariga 150 BHMning 150 baravarigacha miqdorda mukofot

Shuningdek, хalqaro kinofestivallar va kinotaqdimotlarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Hujjatga ko‘ra, Xalqaro kinoprodyuserlar federatsiyasi akkreditatsiya qilgan kinofestivallarning nominatsiya g‘oliblari yoki Gran-pri sohiblariga 150 BHMning 150 baravarigacha miqdorda mukofot berish rejalashtirilmoqda.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024-yil 24-oktyabrdan kuchga kirdi.