$
 12695.00
11.01
 13648.39
0.42
 138.12
-1.12
weather
+26
Кечаси   +14°

Mubashshir Ahmad ishi: olib ketilishiga nima sabab bo‘lgan?

Mubashshir Ahmad

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan, “Azon Global” asoschisi Alisher Tusunov Turkiyada bir necha sabablar bilan qamalgan edi. Bu o‘z navbatida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Shu o‘rinda, u “heyter”lar tomonidan bir qator gumonlarda ayblangan.

Ochiqlanmagan ayblov

2023-yil 28-dekabrda Mubashshir Ahmad Turkiya ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan edi. Dastlab bu haqda qandaydir anglashilmovchilik boʻlgan, shu bois ommani behuda tashvishga solish kerak emas degan fikrda “Azon Global” keng ommaga xabar berilmagan.

Turkiya qonunchiligi

Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, gumonlanuvchini 3 kundan ortiq tutib turish mumkin emas, shu muddat ichida qoʻyilayotgan ayb isbotlansa, Adliya idoralariga oʻtkazilishi, isbotlanmasa, chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan. Ba’zan esa chet ellik shaxslarni deportatsiya markazlariga oʻtkazishadi va u yerdan oʻz vataniga joʻnatishadi yoki ozod qilishadi. Portal esa Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekani, bu hol dastlabki surishtiruvdayoq aniqlanishiga va ustozni qoʻyib yuborilishiga qat’iy ishongan edi. Ammo, vaziyat boshqacha tus olgan. Shundan so‘ng, “Azon Global” portal bu borada ommaga ma’lumotlarni ochiqlagan.

Ushlab turilganiga sabab yo‘q

Dastlabki surishtiruvlarda, Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblov oʻz isbotini topmagan. Shundan so‘ng deportatsiya markaziga o‘tkazilgan Alisher Tursunov shu kungacha u yerda saqlanib kelinayotgan edi. “Azon Global” esa bu hodisa sodir boʻlgan kunidanoq advokatlar harakatlarini boshlashganini va boshqa barcha kerakli chora tadbirlar koʻrilayotganini ta’kidlagan.

Bosh konsulxona munosabati

Ushbu xabarlar chiqqanidan so‘ng, O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi bu ma’lumotlarni tasdiqlagan va vaziyatga aralashgan. Shundan keyin, konsullik O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Bosh konsulxonasi tomonidan Mubashshir Ahmadga nisbatan tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan.

Negadir, portal tomonidan ham konsullik tomonidan ham Mubashshir Ahmadga qo‘yilgan ayblovlar hamda unga ochilgan ish varaqasini ochiqlamagan.

Ozodlikka chiqarilgan Mubashshir Ahmad

Tinchib ketgan ushbu voqealardan keyin, kuni kecha O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Mubashshir Ahmad oilasi bag‘riga qaytganini ma’lum qildi. Qo‘shimcha ma’lumotlar esa hali hamon yopiqligicha qolmoqda.

Yopilgan Azon.uz

Mubashshir Ahmad 2017-yilda O‘zbekistonda islom dini mavzusiga ixtisoslashgan Azon media guruhiga asos solgan edi. 2023-yil avgust oyiga kelib esa U Azon media guruhiga tegishli barcha loyihalar, Azon.uz sayti, Azon FM onlayn radiosi, Azon TV onlayn televideniyesi o‘z faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng, Azon’ning ijtimoiy tarmoqlardagi veb-sayti va sahifalari yopilgan hamda 1,2 milliondan ortiq obunachiga ega Azon TV YouTube sahifasining nomi Fikrat deb o‘zgartirilib, diniy videolar olib tashlangan.

Maqsad global portal bo‘lganmi?

3 oylik tanaffusdan so‘ng Mubashshir Ahmad yangi portalga asos solganini e’lon qildi. Nomi ham hech qanday o‘zgarishlarsiz “Azon Global” deb nom oldi. Noyabr oyidan faoliyat boshlagan ushbu portal tahliliy axborotlarga asoslandi va faoliyat diniy mavzulardan umumiy globallikka qaratildi. Ma’lumot uchun ushbu portal o‘zbek, turk, ingliz, rus tillarida faoliyat yuritadi. 

Теги :
Жамият