$
 12025.33
-31.99
 14162.23
-30.44
 155.25
0.09
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston universitetlarida mingdan oshiq asar boʻyicha mualliflik huquqlari buzilgani aniqlandi

copyright mualliflik

Oʻzbekistonning 5 ta universitetida mingdan oshiq asar boʻyicha mualliflik huquqlari buzilgani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Ruxsatnomasiz elektron shakllar

Qayd etilishicha, ularda asarlar muallif yoki boshqa huquq egalaridan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz toʻliq holda elektron shaklga oʻtkazilgan va unilibrary.uz tizimiga hamda oliy taʼlim muassasalarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylangan.

Qaysi universitetlar?

Mualliflik huquqini buzgan universitetlar quyida keltirilgan:

  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti;
  • Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
  • Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti;
  • Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti.

Javobgarlik

Aniqlangan huquqbuzarlik boʻyicha oliy taʼlim muassasalari masʼullariga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudlarga yuborildi.

“Mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunning 65-moddasiga muvofiq muallif yoki huquq egasi zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon talab qilishi mumkin.


Теги :
Jamiyat