Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 77 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +6°

JSST: Maymunchechak koronavirus darajasidagi o‘ta jiddiy muammo emas

Virusning Clade 1b deb nomlangan yangi shtammi bir necha davlatda tarqalib, yuzlab o‘limlarga sabab bo‘layotgan bir paytda, JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge bu koronavirus kabi jiddiy tahdid emasligini ta’kidlamoqda. Ammo yangi shtammning yuqori yuqumlilik xavfi va og‘ir asoratlari bir nechta savollarni yuzaga keltirmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

JSST: Maymunchechak koronavirus darajasidagi o‘ta jiddiy muammo emas

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge dunyoning qator mamlakatlarida mpox (maymunchechak) virusi tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

Epidemiyani to‘xtatish mumkin

Uning qayd etishicha, vahimaga berilishga hojat yo‘q. Mpox epidemiyasini to‘xtatish imkoni bor. Buning uchun zarur profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilishi kerak. Infeksiya o‘choqlari aniqlangan va virus tarqalishi xavfi yuqori hududlarda vaksinalar ta’minotini oshirish lozim.

Virus bilan qanday kurashishni bilamiz

“Maymunchechak koronavirus darajasidagi o‘ta jiddiy muammo emas, — deydi Xans Klyuge. — Biz mpox virusi bilan qanday kurashishni bilamiz”.

Bayonotga ko‘ra, iyun oyi oxiriga kelib, jami 116 mamlakat, jumladan, Markaziy Afrika Respublikasi, Burundi, Keniya va Ruandada kasallanish holatlari qayd etilgan.

O‘limga sabab bo‘layotgan shtamm bilan qanday kurashamiz?

Hozir qator davlatlarda virusning Clade 1b deb nomlangan yangi shtammi tarqalyapti. Ushbu mutatsiya Kongo Demokratik Respublikasida 500 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Avgust oyi boshida Shvetsiyada ham maymunchechakning xuddi shu turini yuqtirgan bemorlar ro‘yxatga olindi.

Britaniyalik olimlar fikricha, Clade 1b mutatsiyasi boshqa shtammlarga qaraganda yuqumliroq va nisbatan og‘irroq asoratlarni keltirib chiqaryapti.

Shunga qaramay, X. Klyuge mpox virusining har qanday shtammini tegishli epidemiologik chora-tadbirlar hamda xastalikka qarshi vaksinalar orqali nazorat qilish va jilovlash mumkin, degan xulosada.