$
 12632.22
22.05
 13478.58
-48.35
 134.39
-0.85
weather
+26
Кечаси   +14°

Xitoy oyda harbiy baza qurmoqchi – NASA

Moon

NASA rahbari Bill Nelsonning fikricha, Xitoy kosmosdagi harbiy ishtirokini fuqarolik dasturlari bilan niqoblamoqda. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Xitoydan o‘ta maxfiy qadamlar

AQSh Kongressi vakillar palatasi yig‘ilishidagi chiqishida Nelsonning ta’kidlashicha, xitoyliklarning aksariyat fuqarolik fazoviy dasturlarini aslida harbiy dasturlar deb hisoblamoqda AQSh Kongressi vakillar palatasi yig‘ilishidagi chiqishida.

Aniqlanishicha, Xitoy, ayniqsa, so‘nggi 10 yilda “favqulodda, ammo o‘ta maxfiy qadamlar” tashladi.

Xitoy birinchi qo‘nsa, oyni egallab oladi

“Ular Oyga qo‘nish sanasini oxirgi marta 2030-yil deb belgilashgandi, biroq sanani tinmay o‘zgartirishyapti. Biz u yerga birinchi yetib borishimiz kerak va tadqiqot kuchlarimizdan tinchlik maqsadlarida foydalanishimiz lozim”, — dedi NASA rahbari.

Uning taxminicha, Xitoy agarda Oyga birinchi bo‘lib qo‘nsa, fazoviy kenglikning bir qismiga o‘z hududi sifatida da’vo qilishi mumkin. “Agar Pekin birinchi bo‘lib yetib borsa: “Bo‘ldi, bu hudud bizniki, uzoqroq yuringlar”, deyishi mumkin — ogohlantirdi Nelson.

Orbitadagi 499 ta yo‘ldoshlar

Xabarning tarjimasiga ko‘ra, AQSh mudofaa vazirligi razvedkasi Xitoyning orbitadagi yo‘ldoshlari soni 499 taga yetgani haqida ma’lumotlarni taqdim etgan. Bu 2019-yilgidan ikki baravardan ham ko‘p. Chin yurti o‘z josuslik havo sharlari va gipertovushli raketalarini yaratish bilan ham band.

Pekin missiyasi 2030-yilga mo‘ljallanmoqda

Xitoy kosmosda ham tadqiqotlar, ham jangovar harakatlar olib borish imkoniyatlarini tinmay oshirmoqda. Ekspertlarga ko‘ra, Xitoy dunyodagi eng kuchli fazoviy davlat — AQShni quvib o‘tish yo‘lida va bu voqea 2045-yil yoki ungacha yuz berishi mumkin.

Pekin Oyga boshqariladigan missiyasini 2030-yilda yuborishga umid bog‘lagan va uning sirtida o‘z bazasini qurmoqchi.

Теги :
Жамият