$
 12559.26
-59.37
 14413.01
-103.46
 160.17
-0.66
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Qurilish va tadbirkorlik faoliyatida ekologik ekspertiza majburiy bo‘ladi

Ekologik ekspertiza

2025-yil 24-fevral kuni “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 

Ekologik ekspertiza kimlarga majburiy bo‘ladi?

Qonunga ko‘ra, ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi shaklida amalga oshiriladi. Asosiy o‘zgarishlardan biri shundaki, endi qurilish, ishlab chiqarish yoki tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq loyihalar ekologik ekspertizadan o‘tishi shart bo‘ladi. Quyidagi hujjatlar va faoliyat turlari majburiy ekologik ekspertizadan o‘tkaziladi:

 • Qurilish uchun yer ajratish va loyihalash materiallari

 • Loyihaoldi va loyihaviy hujjatlar

 • Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat

 • Chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish yoki zararli chiqindilarni bartaraf etish loyihalari

 • Atrof-muhit va inson salomatligiga xavf soluvchi ishlab chiqarish korxonalari va boshqa obyektlar

 • Maxsus ekologik rejimga ega bo‘lgan obyektlar

Bu o‘zgarishlar atrof-muhitni muhofaza qilish va urbanizatsiya jarayonida ekologik talablarni buzilishining oldini olishga qaratilgan.

Ekologik ekspertizaga kim javobgar?

Yangi qonunga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ekologik ekspertiza va ekologik baholash jarayonini boshqaradigan asosiy davlat organi sifatida belgilandi.

Vazirlik loyihalar atrof-muhitga ta’sirini baholaydi, davlat ekologik ekspertizasini amalga oshiradi, strategik ekologik baholash tartibini belgilaydi.

Ekspertiza jarayonlarida qat’iy talablar qo‘yilishi tufayli, qurilish va boshqa xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi subyektlar avvaldan ekologik mezonlarga javob beradigan loyihalarni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.

Ekspertiza xulosasi

Yangi qonunga muvofiq, davlat ekologik ekspertizasi natijasida beriladigan xulosalar quyidagi muddatlarda kuchga ega bo‘ladi:

 • Atrof-muhitga ta’sirni baholash natijalari bo‘yicha – 3 yil

 • Ekologik me’yorlar loyihalari bo‘yicha – 5 yil

Ushbu yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng, loyiha yoki faoliyat ekologik ekspertizadan qayta o‘tishi talab etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 6 oy o‘tgach, ya’ni 2025-yil avgust oyidan boshlab amaliyotga tatbiq etiladi.

Теги :
Jamiyat