Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Olmaliqda ishchilarni tom bosib qoldi

Hodisa oqibatida dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 3 nafar qurbon va 38 nafar jabrlanganlar borligi aytilmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Olmaliqda ishchilarni tom bosib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi Olmaliq Kon-Metallurgiya Kombinatining 3-misni boyitish fabrikasi (MOF-3) qurilishida quruvchilarni tom bosib qolgani haqida xabar va xabarga ilova qilingan videolar tarqalmoqda.

Qurbonlar bor

Ma'lum bo'lishicha, bugun Toshkent vaqti bilan soat 10:30 lar atrofida Enter Engenering shirkatining Olmaliqdagi MOF-3 binosida tomning qulashi oqibatida hozirga qadar ochiqlangan xabarlarga ko'ra, uch nafar hindistonlik yollanma ishchi halok bo‘lgan. Fojeali hodisada yana kamida 38 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan tez yordam mashinalarida kasalxonaga olib ketilgani aytilmoqda. Mahalliy aholining muhokamalariga ko'ra, qurbonlar soni bundan ham ko'proq bo'lishi mumkin.

Bu qanday bino?

Ma'lumot uchun, 2023-yilgi davlat dasturi loyihasida Toshkent viloyatida joylashgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining "Yoshlik" mis konini o‘zlashtirishning birinchi bosqichini tugatib, mana shu 3-misni boyitish fabrikasini ishga tushirish taklif qilingan edi. Rejaga ko‘ra fabrika 60 mln tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lshi, buning uchun "Yoshlik" mis konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasi doirasida rejalashtirilgan "Yoshlik I" va 3-misni boyitish fabrikasi uchun asosiy texnologik uskunalarni qurilish maydonchasiga yetkazilishi reja qilingandi. Mazkur vazifani avgust oyigacha bajarish reja qilingandi.

Hozirga qadar hodisa haqida OKMK matbuot xizmti hech qanday rasmiy munosabat bildirmadi. Mahalliy axborot tarqatuvchi kanallar ham sukutda.