$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

356 ming ish o‘rni, 9,8 trillion so‘mlik kredit va minglab loyihalar: MKBank 2025-yilni qanday yakunladi?

MKBank yil sarhisobi

29-dekabr kuni “Mikrokreditbank” ATB tomonidan yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda bankning aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlari va 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar taqdim etildi.

Matbuot anjumanida bank boshqaruvi, tegishli departament rahbarlari, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Bandlik va tadbirkorlik — ustuvor yo‘nalish

Ta’kidlanganidek, joriy yilda MKBank tomonidan jami 9,8 trillion so‘mlik kreditlar ajratilgan. Shundan 7,6 trillion so‘mi kichik va o‘rta biznes, 4 trillion so‘mi esa davlat dasturlari doirasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur moliyalashtirish natijasida 356 mingdan ortiq fuqaro bandligi ta’minlandi. Ularning 135 ming nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 221 ming nafari esa tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilingan.

Mikroloyihalar va mahallabay ishlash

2025-yilda 47 mingdan ortiq mikroloyihaga qariyb 900 milliard so‘m kredit ajratilib, 97 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, kam daromadli 11 mingdan ortiq xonadonga 318 milliard so‘mlik loyiha paketlari yetkazib berildi.

Bank tomonidan 1 062 ta mahallada “mahalla bankiri” tizimi orqali manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilib, tadbirkorlik tashabbuslari joyida qo‘llab-quvvatlandi.

2026-yil rejalarida — 11 trillion so‘mlik moliyalashtirish

Kelgusi yilda MKBank barcha manbalar hisobidan 11 trillion so‘m kredit ajratishni rejalashtirmoqda. Bu mablag‘lar hisobiga 140 mingga yaqin loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda. Asosiy e’tibor kichik va o‘rta biznes, oilaviy tadbirkorlik hamda mahalla loyihalariga qaratiladi.

Ijtimoiy tashabbuslar ham e’tiborda

Matbuot anjumani yakunida bank tomonidan amalga oshirilayotgan “Chig‘anoq” innovatsion loyihasi alohida e’tirof etildi. Ushbu loyiha doirasida yosh ijodkorlar va adiblarning kitoblari nashr etilib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga hissa qo‘shilmoqda.

Reklama huquqlari asosida