Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +8° kechasi +6°
Читать на русском

MKBANK budjet tashkilotlari uchun korporativ kartalarni ishga tushirdi

Mikrokreditbank budjet tashkilotlari uchun korporativ bank kartalarini chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda

2 daqiqa o‘qiladi

MKBANK budjet tashkilotlari uchun korporativ kartalarni ishga tushirdi

Mikrokreditbank budjet tashkilotlari uchun korporativ bank kartalarini chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda. Korporativ kartalar orqali tashkilotlar kundalik va tezkor xaridlarni soddaroq amalga oshirishi, xarajatlarni esa raqamli tarzda nazorat qilishi mumkin.

Xarid uchun g‘aznachilikda oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi

Korporativ karta orqali tovar va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilish mumkin. Bunda shartnomani g‘aznachilikda oldindan ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Bu, ayniqsa, tashkilotda kutilmagan yoki tezkor xarid zarur bo‘lgan holatlarda jarayonni qisqartiradi.

Kichik xaridlarda shartnoma tuzish, ekspertizadan o‘tkazish va to‘lov hujjatlarini tayyorlash bilan bog‘liq ortiqcha hujjatlar va jarayonlar ham kamayadi.

Xarajatlar real vaqt rejimida ko‘rinadi

Korporativ karta orqali amalga oshirilgan har bir tranzaksiyani “UzASBO” dasturida real vaqt rejimida kuzatish mumkin. Bank ko‘chirmalari orqali ham xarajatlar nazorat qilib boriladi.

Xarid amalga oshirilgach, elektron chek va hisob-fakturalar avtomatik ravishda buxgalteriyada aks etadi. Shu tariqa cheklarni alohida yig‘ish va ma’lumotlarni qo‘lda kiritish bilan bog‘liq ishlar qisqaradi.

Buxgalter kartalarga limit qo‘ya oladi

Tashkilot buxgalteri shaxsiy kabinet orqali korporativ kartalarni boshqarishi mumkin.

Xususan, buxgalter:

— kartalarga mablag‘ o‘tkazishi;

— kartalar o‘rtasida 24/7 pul o‘tkazishi;

— xarajatlar uchun limit belgilashi mumkin.

Bundan tashqari, yuqori turuvchi tashkilotlarga quyi tashkilotlarning korporativ kartalari bo‘yicha xarajatlarni nazorat qilish imkoniyati ham beriladi.

Korporativ kartani qanday olish mumkin?

Mikrokreditbank hozirda barcha budjet tashkilotlari uchun korporativ kartalarni chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

Kartani rasmiylashtirish bo‘yicha batafsil ma’lumotni MKBANKning 1285 qisqa raqamli aloqa markazi orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida