$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Saida Mirziyoyeva BAA Bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qilishicha, 27-sentyabr kuni u Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay Amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazgan. 

Bu galgi uchrashuvdan kutilmalari katta 

Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida qayd etishicha, muloqot davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan. O‘zbekiston prezidenti yordamchisi bu galgi uchrashuvdan kutilmalari katta ekanini ta’kidlab, Toshkentdagi yuqori darajali forum doirasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan. 

Turkiya Respublikasining elchisi bilan uchrashuv

Ma’lumot uchun, Mirziyoyeva avvalroq Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashgandi. Elchi bilan muloqot davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim, madaniyat va kinematografiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.