$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Mayningchilar bir yilda davlatning 58 milliardini o‘mardi

Mining ferma

O‘zbekistonda yil boshidan buyon huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 26 ta noqonuniy mayning ferma fosh qilindi. Ma’lum qilinishicha, mazkur holatlarda 58,2 milliard so‘mga teng bo‘lgan 29 million kilovattli yoki 145 mingta xonadonning bir oylik iste’mol ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini o‘g‘irlash orqali mayning faoliyatini amalga oshirishgan.

Sirdaryodagi mayning ferma

Sirdaryoda 4 tuman aholisining 1 oylik iste’moliga yetadigan elektr toki o‘g‘irlandi. Bu ferma ikki yil ichida 34,3 milliard soʼmlik zarar yetkazgan. Аgarda MChJ rahbarlari tomonidan talon-toroj qilingan 39,3 mln. kVt elektr energiyasidan oqilona foydalanilganida, viloyatning Boyovut, Sardoba, Oqoltin va Guliston tumanlari aholisining bir oylik ehtiyojini qoplash mumkin edi.

Jizzaxda ham noqununiy elektrdan foydalanish aniqlandi

19-aprel kuni yana bir holatda, Jizzax viloyatida oʼz uyida noqonuniy mayning ferma tashkil etib, 280 million soʼmlik elektrni oʼgʼirlagan fuqaro qoʼlga olingani xabar qilindi.

Toshkent, Farg‘ona va Buxoroda

Shuningdek, mart oyida Toshkentda 680 million soʼmlik, fevral oyida Fargʼonada 1,3 milliard soʼmlik, Buxoroda esa 860 million soʼmlik elektr energiyasini oʼgʼirlagan mayning fermalar aniqlangan.

Jazo qanday?

Mayning faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib, energiya resurslarini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilishga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatilishi hamda 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo tayinlanishi mumkin.

2023-yilda 58,2 milliardlik elektr energiya

Butun 2023-yil davomida esa respublika boʼyicha 26 ta holatda 58,2 milliard soʼmlik elektr energiyasi aynan mayning fermalar tomonidan oʼgʼirlangan.

Bular soʼnggi vaqtlarda eʼlon qilingan statistikaning bir qismi. Elektr va tabiiy gaz tarmogʼiga noqonuniy ulanib olish bilan bogʼliq kichik holatlar bu statistikaga qoʼshilmagan. Аfsuski, baʼzi tadbirkorlar va xonadon egalari hali ham oʼzlari isteʼmol qiladigan elektr va gaz uchun toʼlovlardan qochib, uni oʼgʼirlashni maʼqul koʼrmoqda.

Munosabat

Bu kabi noqonuniy holatlar uchun Muhrim A’zamxo‘jayev shunday o‘z fikrini bildirdi.

Shaxsan man tegishli organlar aynan shu va shunga oʼxshash ishlarni yanada ochiqroq yoritishlarini istardim – kim(lar)niki bu mayning-ferma, ortida kim turibdi, qanday jazolanadi, sudi – hammasini aytish va koʼrsatish kerak, manimcha. Bir chorvador oʼzidan oʼzi bir chorvador salkam 3 mln dollarlik elektrni yeb yuboradigan mayningchilik bilan shugʼullanmasa, shugʼullanolmasa kerak deydi bloger.

 

Теги :
Jamiyat