Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +13° kechasi +11°

Vazirlik “majburlamayotgan” quyosh panellarini oʻrnatishda aholiga qanday imtiyozlar bor?

Bundan bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlarni tadbirkorlik subyektilarida quyosh panellari o'rnatishga majburlanayotgani va hatto ayrim tadbirkorlar elektr ta'minotidan uzib qo'yilganligi haqidagi xabarlar tarqagan edi. Buni rad etgan vazirlik bugun “quyosh panellarini o‘rnatgan shaxslarga beriladiga imtiyozlar” haqida ma’lumot berdi.

3 daqiqa o‘qiladi

Vazirlik “majburlamayotgan” quyosh panellarini oʻrnatishda aholiga qanday imtiyozlar bor?

Bundan bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlarni tadbirkorlik subyektilarida quyosh panellari o'rnatishga majburlanayotgani va hatto ayrim tadbirkorlar elektr ta'minotidan uzib qo'yilganligi haqidagi xabarlar tarqagan edi. 

Majburlash emas, targ‘ibot(mi?)

Shundan so'ng Energetika vazirligi hamda HET ushbu xabarlar haqiqatga va qonunga to'g'ri kelmasligini ta'kidlab, munosabat bilidirib chiqqan. Shu xabarlardan so'ng esa vazirlik Quyosh panellarini o'rnatishni targ'ib qiluvchi material joyladi. 

Ya'ni unda ta'kidlanishicha, quyosh panellarini o'rnatgan tadbirkor yoki xo'jaliklar uchun imtiyozlar mavjud. Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvlar haqiqatdan yiroq emas.

O‘zi quyosh panellarini o'rnatganlar uchun qanday imtiyozlar mavjud?

Quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatganlar uchun beriladigan imtiyoz va afzalliklar quyidagilardan iborat:

  • Jismoniy shaxslar quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil muddatga foizsiz, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishlari mumkin. 
  • Bunda, 5 kilovattgacha quyosh panellari va 200 litrgacha bo‘lgan quyosh suv isitish qurilmalarini foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash (rassrochka) imtiyozlari asosida beriladi.
  • Fuqarolar ushbu qurilmalarni to‘liq xarid qilinganlarida quyosh panellari xarajatlarinnig BHMning 20 barobarigacha (6,8 mln so‘m) va quyosh suv isitish qurilmalarining BHMning 7 barobarigacha (2,4 mln so‘m) qismiga Energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya ajratiladi.
  • Ushbu qurilmalarni o‘rnatganingizdan so‘ng, elektr ta’minoti korxonasi bilan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolashingiz mumkin.
  • Agar xonadoningizga 5 kVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasini o‘rnatsangiz, bu sizga o‘rtacha 30 mln so‘mga tushadi va u bugungi kundagi tarif bilan hisoblaganda o‘rtacha 4 yilda o‘zini qoplaydi. Keyingi 16 yil quyosh stansiyasidan chiqqan elektr energiyasiga pul to‘lamaysiz.
  • Quyoshli xonadan dasturi asosida xonadoningizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortgan qismini elektr ta’minoti korxonasiga sotib Soliq.uz ilovasi orqali daromad olishingiz mumkin. Bu tadbirkorlik faoliyati deb hisoblanmaydi va buning uchun hech qanday soliq to‘lamaysiz.
  • Elektr ta’minoti korxonasi xonadon egasidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirgan elektr energiyasining har bir kVt⋅soatini 1000 so‘mdan sotib oladi.
  • Quyosh panellari o‘rnatgan (o‘rnatilgan yer maydoni uchun) jismoniy va yuridik shaxslar 3 yil davomida yer va mulk solig‘idan ozod bo‘ladilar. Shuningdek, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega akkumulyatorlar bilan o‘rnatilgan bo‘lsa — 10 yil davomida er va mulk solig‘idan ozod etiladi; 
  • Hozirgi o‘rnatilgan zamonaviy elektr hisoblagichlar ikki tomonlama hisoblaydi. Ya’ni, xonadoningizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini elektr ta’minoti korxonasiga sotganingiz va elektr ta’minoti korxonasidan olganingizni hisoblab beradi.
  • Bu boradagi barcha jarayonlarni (quyosh panelingiz orqali ishlab chiqarish, soatlik, kunlik, oylik iste’molingiz, ortiqchasini tarmoqqa uzatayotganingiz, qabul qilganingiz va boshqalar) qo‘l telefoningizdagi maxsus ilova orqali onlayn ko‘rib borishingiz mumkin.

Quyosh panellari ortidan “soqqa” qilish ham mumkin

Bundan oldin Energetika vazirligi quyosh panellari o'rnatib, undan qo'shimcha daromad qilayotgani haqida xabar qilgan edi. Unga ko'ra, fuqaro Ni Viktor o‘tgan yili xonadonida 15 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatgan. 

U ayni kunda ushbu stansiya orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotib, oyiga 3 million so‘mdan ko‘proq daromad qilmoqda.