$
 12890.07
12.7
 13400.52
-101.4
 146.46
-1.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Maktablarda juma kunlari milliy kiyim kiyish majburiy bo‘ldimi?

milliy kiyim

O‘tgan oyning oxirida Toshkent shahar hokimi har juma kuni poytaxtda Milliy Libos Kuni deb e’lon qilinishi haqida tashabbus bilan chiqdi. Shu kuni davlat idoralari xodimlari va rasmiylar milliy liboslarda ishlashga tavsiya qilindi. Ammo maktablarda ushbu tashabbus ba’zi joylarda majburiy talab sifatida tushunilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklar paydo bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda norozi fikrlar

Ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan bildirilishicha, ayrim maktablarda milliy libos kiyish shunchaki tavsiya emas, balki majburiyat sifatida tushunilmoqda. Hatto ba’zi ota-onalar farzandlarining milliy kiyim kiymasalar, darsga kiritilmayotgani yoki o‘qituvchilar tomonidan tanbeh eshitayotgani haqida yozishmoqda.

Vazirlikning rasmiy bayonoti

Mazkur holatlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy bayonot berdi. Takidlanishicha, hech kimga majburiyat yuklanmagan. “Bugungi kunda vazirlik tomonidan milliy kiyinish haqida hech qanday majburiy ko’rsatma yoki topshiriq berilmagan. Bu faqat o‘sha maktablar hududidagi boshqaruv yoki jamoaning tashabbusi bo‘lishi mumkin. Juma kunlari milliy libos kiyish faqat ixtiyoriy tashabbusdir. Shu bilan birga, turli darajadagi mehnat jamoalari, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari va maktablarda bu jarayon ixtiyoriy asosda amalga oshirilmoqda.”

Теги :
Jamiyat