$
 11972.35
-17.65
 13852.01
-14.43
 147.52
-0.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng ko‘p boylar qaysi davlatlarda yashaydi?

Oligarxlar

World Population Review tadqiqotiga ko‘ra, dunyoda aholi tarkibida millionerlar ulushi eng yuqori bo‘lgan davlat Shveysariya bo‘ldi.

Top 3 — millionerlar ulushi bo‘yicha yetakchilar:

1. Shveysariya — katta yoshli aholining 16,45% kamida 1 million dollarlik sof aktivlarga ega.

2. Luksemburg — yuqori darajadagi moliyaviy barqarorlik va yirik kapital oqimi.

3. Xongkong — rivojlangan moliya bozorlari va yuqori qiymatli aktivlar ulkan boylik to‘planishiga xizmat qiladi.

Shveysariya natijasi uning global moliyaviy markaz sifatidagi mavqeini yana-da mustahkamlaydi.

Umumiy son bo‘yicha millionerlar yetakchilari:

  • AQSh — 22 milliondan ortiq millioner bilan mutlaq birinchi o‘rinda.
  • Xitoy — 6,3 million millioner.
  • Fransiya, Yaponiya, Germaniya — har biri 2,7–2,9 million millioner bilan kuchli beshlikka kiradi.

Ammo bu davlatlarda aholi soni katta bo‘lgani uchun millionerlar ulushi Shveysariya yoki Luksemburg kabi kichik, boy markazlar bilan solishtirganda pastroq.

Nega kichik davlatlar ulush bo‘yicha yetakchi?

Tahlilchilarga ko‘ra, bunga quyidagilar sabab:

– Aktivilarning juda yuqori bozor qiymati;

– Kuchli va diversifikatsiyalangan moliya bozorlari;

– Valyuta mustahkamligi;

– Yashash narxining yuqoriligi.

Shu omillar aholining katta qismi boylik chegarasini kesib o‘tishiga imkon beradi.

Past ko‘rsatkichli mintaqalar:

– Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika

– Janubiy Osiyo

– Markaziy Amerika

Bu hududlarda millionerlar ulushi deyarli 0%.

Markaziy Osiyoda ro‘yxatga faqat Qozog‘iston kirgan.

O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q.

Теги :
Jamiyat