$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoning eng boy 16 milliarderi

Milliarder

2024-yilga kelib, dunyoda 100 mlrd. dollardan oshiq boyligi bo‘lgan milliarderlar soni birinchi marta 16 taga yetdi. Bu haqda Bloomberg nashri ma’lumot beradi.

Dunyo milliarderlarining reytingi

Ushbu yil milliarderlar uchun foydali bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Sababi, quyida keltirilgan 16 talik ro‘yxatdagi milliarderlar orasidan faqatgina Berno Arno yil boshiga nisbatan boyligini yo‘qotgan. Hashamatli brendlar egasi yaqin-yaqingacha dunyoning eng boy odami hisoblangan, ammo u endilikda pog‘onaning to‘rtinchi o‘rnini band qilib turibdi. Dunyoning eng boy odamlarini o‘zida jamlagan 16 talik ro‘yxat quyidagicha:

Ilon Mask va AQSh

Ayni dam siz-u bizga yetarlicha tanish bo‘lib ulgurgan inson, Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida yetakchi bo‘lib turibdi. Bugungi kunda yerning eng boy odamiga tegishli kompaniyalar kapitali 250 mlrd. dollardan oshiqqa baholanmoqda. Yana bir ajablanarli natijaga e’tiboringizni qaratamiz, ro‘yxatdan o‘rin olgan 16 ta milliarderdan 13 tasi AQSh fuqarosi. Ularning aksariyati texnologiya sohasida biznesini yuritadi.

Теги :
Iqtisodiyot