$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Migratsiya qonunchiligini buzgan 120 nafar migrant Rossiyadan depotatsiya qilindi

deport

Moskva yaqinida o‘tkazilgan reyddan so‘ng MDH davlatlari va Afrikadan kelgan 120 nafar muhojir Rossiyaddan depotatsiya qilinadigan bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati boʻyicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Migratsiya qonunchiligi buzilishi holatlari

“Moskva yaqinidagi Pushkino shahrida politsiya ombor majmuasini tekshirish chog‘ida migratsiya qonunchiligi buzilishi holatlarini aniqladi”, – deyiladi xabarda.

Rossiya IIVning “Pushkinskoe” migratsiya departamenti xodimlari Rossiya gvardiyasi ko‘magida noqonuniy migratsiyani aniqlash va unga chek qo‘yish doirasida MDH davlatlarida va Afrikadan kelgan muhojirlar bo‘lgan omborni tekshirdi.

20 nafar noqonuniy migrantlar javobgarlikka tortilgan

Reyd davomida muhojirlarning 120 nafariga nisbatan Rossiya hududida bo‘lish rejimini buzganliklari uchun ma’muriy bayonnomalar tuzilgan, shundan 19 nafar muhojir Rossiyadagi noqonuniy mehnat faoliyati uchun va yana biri ma’muriy jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan.

“Har bir chet el fuqarosiga Rossiyadan deportatsiya qilish bilan besh ming rubl miqdorida jarima belgilandi. 31 nafar migrant sud qarori ijro etilgunga qadar ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirildi”, – deyiladi Rossiya IIV xabarida.

Ayni paytda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiya tashkilotchilarini aniqlash va qo‘lga olishga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.

Yangi migratsiya deportatsiyasi rejimi

Eslatib o’tamiz, 8-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda noqonuniy migrantlarga tegishli yangi migratsiya deportatsiyasi rejimini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Qabul qilingan qonun nazorat ostidagi shaxslar reyestrini yaratishni nazarda tutadi. Deportatsiyaga qadar chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maxsus muassasaga joylashtiriladi. U mamlakatni tark etgach, rejim o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Ma’lumot uchun, 21-avgust kuni Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin davlat dumasi quyi palatasi tomonidan migratsiya masalalarini tartibga solish bo‘yicha 28 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi. Initsiativalarda, xususan, past malakali mehnat migrantlariga o‘z oilalarini mamlakatga olib kelishni taqiqlash taklif qilindi.

Rossiyaga kirayotgan migrantlarning barmoq izlarini olish

Shuningdek, 1-dekabrdan boshlab Rossiyaga kirish uchun chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan biometrik ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha sinov loyihasi ishga tushirilishi mumkin. Bu haqdagi qonun loyihasi Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan taklif qilindi.

2 bosqichli tajriba

Qayd etilishicha, tajriba ikki bosqichda o‘tkaziladi. Avvaliga bir nechta nazorat-o‘tkazish punktlarida – Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo, Jukovskiy aeroportlarida, shuningdek, Orenburg viloyatidagi Mashtakovo avtomobil nazorat-o‘tkazish punktida chegarani kesib o‘tayotgan xorijliklar biometrik ma’lumotlari olinadi. 

Ikkinchi bosqich barcha sayyohlarga taalluqlidir va 2025-yil 30-iyundan 2026-yil 30-iyungacha davom etadi.

Rossiyaga vizasiz kirish uchun nima qilish kerak?

Taklifga ko‘ra, Rossiyaga vizasiz kirish uchun barcha chet elliklar maxsus arizada biometrik ma’lumotlarni oldindan topshirishlari va tashrif maqsadi haqidagi ma’lumotlarini taqdim qilishi kerak. Shuningdek, viza rejimida Rossiyaga boradiganlar sayohat hujjatlarini, shu jumladan fotosurat bilan ariza shaklini berishi zarur.

Bildirilishicha, o‘zgartirishlar Belarus fuqarolariga, olti yoshga to‘lmagan bolalarga, diplomatlarga, diplomatik vakolatxonalar va konsullik xodimlariga, Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar va ularning vakolatxonalari xodimlariga taalluqli emas. Agar tajriba muvaffaqiyatli deb topilsa, bu qoidalar doimiy bo‘lib qoladi.