Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Umrbod deport masalasi

Rossiya migrantlar uchun yana qanday choralarni ko'rib chiqmoqchi?

2 daqiqa o‘qiladi

Umrbod deport masalasi

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi sudlangan migrantlar uchun jinoyat toifasidan qatʼi nazar Rossiyaga kirishga umrbod taqiq qoʻllashni taklif qilmoqda. Bu haqda Rossiyaning "Izvestiya" nashri xabar bergan. Shuningdek, mazkur partiya senatori Yelena Afanaseva o‘zining telegram kanalida ushbu taklifni qayd etib o'tgan. 

Bu nima uchun qilinmoqda?

Nashrga ko'ra, hozirgi vaqtda migratsiya siyosatida sudlangan chet el fuqarolariga nisbatan maʼlum muddatga Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishning oldini olish choralari koʻrilmoqda. Qonun chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Rossiya Federatsiyasida boʻlishining istalmaganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish imkoniyatini, shu jumladan qamoqxonada boʻlganlarning kirishini taqiqlash uchun asos boʻlishini belgilaydi.

Unda qayd etilishicha...

Amaliyotga koʻra, chet el fuqarosining boʻlishining istalmaganligi toʻgʻrisidagi qaror sudlanganlikni olib tashlash muddatiga tengdir. Kichik va oʻrtacha ogʻirlikdagi jinoyatlar uchun mamlakatga kirishni taqiqlash jazoni oʻtaganidan keyin uch yil, ogʻir jinoyatlar uchun – sakkiz yil, oʻta ogʻir jinoyatlar uchun – 10 yil muddatga amal qiladi.

Maxsus ishchi guruh

Senator Yelena Afanasevaning ta’kidlashicha, boshqa mamlakatlardan kelgan huquqbuzarlar "terrorchilik tahdidining potensial tashuvchilari"dir. Uning so‘zlariga ko‘ra, LDPR xavfsizlik talablarini kuchaytirish, shuningdek, migratsiya qonunchiligini kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslarni tayyorlash uchun ishchi guruh tuzgan.

"Dunyodagi umumiy vaziyat shuni ko‘rsatadiki, migratsiya siyosatida Osiyo davlatlarining yanada samarali tajribasiga e’tibor qaratish arziydi. Shu bilan birga, migratsiyaning ochiqligini himoya qilayotganlar aytayotgan iqtisodiy pasayish sifat bilan qoplanadi. LDPR fraksiyasi ishchi guruhi migratsiya siyosatini keskinlashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini kiritishni davom ettiradi”, - deydi senator.