Migratsiya agentligi: 110 ming nafar fuqaro xorij davlatlarida ishga joylashtirildi
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Janubiy Koreya Respublikasi hamda Turkiya davlatlarida ishsiz qolgan 8 809 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi.
2 daqiqa o‘qiladi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2024-yil oyidagi faoliyati tahlil qilindi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ishchi kuchini jalb qilish boʻyicha kelishuvlar 344 taga yetdi
Tahlillarga koʻra, Oʻzbekistondan ishchi kuchini jalb qilish boʻyicha 83 ta shartnoma imzolanib, jami kelishuvlar 344 taga yetdi.
Oʻzbekiston mehnat bozori uchun 154 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari aniqlandi.
Oʻzbekistondagi kasb-hunar markazlarida 42 223 nafar fuqaro kasblarga va chet tili kurslariga jalb qilindi.
Ish bilan taʼminlangan mehnat migrantlari
110 ming nafar fuqaro Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ruminiya, Litva, Latviya, Belarus, Janubiy Koreya, Qozogʻiston, Turkiya, Yaponiya, Bolgariya, Polsha, BAA va Xorvatiya kabi davlatlarda manzilli va tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirildi.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Janubiy Koreya Respublikasi hamda Turkiya davlatlarida ishsiz qolgan 8 809 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi.
Mehnat migrantlariga huquqiy, ijtimoiy hamda moddiy yordamlar
Xorijdagi yurtdoshlarimizning 173,7 ming nafariga maslahat xizmati, 3,9 ming nafariga huquqiy, 9,7 ming nafariga ijtimoiy va 2,1 ming nafariga moddiy yordamlar koʻrsatildi.
Fuqarolarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanmay turgan 482,6 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.
11,7 ming nafar mehnat migranti hayoti va sogʻligʻi, shuningdek, mikroqarz kafolati va tavakkalchiligi sugʻurta qilinib, 1,8 ming nafar fuqaroga mikroqarzlar ajratildi.



