Peterburgda yana bir o‘zbekistonlik migrant qurilish maydonida halok bo‘ldi
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ishchining xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmagani sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri, Moskva tumanida joylashgan qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant balandlikdan qulab, hayotdan ko‘z yumdi.
Demontaj ishlari vaqtida
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Pulkovo shossesida qurilayotgan turar joy majmuasida 24 yoshli o‘zbekistonlik ishchi demontaj ishlari vaqtida 3,5 metrdan ortiq balandlikdan qulab ketgan va voqea joyida vafot etgan.
Tergov natijalari
Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa ishchining xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmagani sababli yuz bergan. Hodisa yuzasidan Tergov qo‘mitasi hamda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshiruv olib borilmoqda. Tergov organlari ishchining halok bo‘lishiga olib kelgan sharoitlarni aniqlashga harakat qilmoqda.



