$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

“Maktablarni qoʻriqlash uchun pul talab qilish yuzasidan topshiriqlar berilmagan”

mg

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablarning birida Milliy gvardiya xodimlari uchun pul yigʻilayotgani haqida xabar tarqaldi. Milliy gvardiya matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“Berilgan ma'lumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”

Ta'kidlanishicha, me'yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq, maktablar xavfsizligini ta'minlash maqsadida har bir maktab uchun qorovullar shtatlari ajratilgan boʻlib, ularni moliyalashtirish davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. Milliy gvardiya boʻlinmalari tomonidan ta'lim muassasalari yoki fuqarolardan maktablarni qoʻriqlash uchun pul talab qilish yuzasidan hech qanday topshiriqlar berilmagan.

“Shuning uchun, berilgan ma'lumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Eslatib oʻtamiz, ommaviy axborot vositalari orqali yolgʻon ma'lumot tarqatish javobgarlikka sabab boʻladi. Fuqarolarimizdan yolgʻon va tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ishonmasliklarini soʻrab qolamiz!”, - deyiladi xabarda.

Har bir boladan 50 ming soʻmdan

Tarqalgan xabarlarga koʻra, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 265-maktabda Milliy gvardiya xodimlariga qoʻriqchiligi uchun ota-onalardan pul yigʻib olingan.

Ota-onalar guruhida sinf rahbari post qoldirgan. Unda, jumladan, avgust oyida katta majlis boʻlib oʻtgani, majlisda oʻquvchilar xavfsizligini ta'minlab turadigan MG xodimlariga maktab ma'muriyati va ota-onalar tomonidan homiylik asosida pul toʻlanishiga bir ovozdan kelishib olingani aytilgan.

Har bir boladan 20-sentyabrga qadar 50 ming soʻmdan yigʻish zarur ekanligi soʻralgan.