$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

“Toshkent metropoliteni” yoʻlovchilarga murojaat qildi

metro

So‘nggi yillarda jamoat transporti, shu jumladan, metropoliten tizimini rivojlantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Toshkent metropolitenining qariyb 40 yil mobaynida bekatlar soni 29 tani va umumiy uzunligi 38 kmni tashkil etgan bo‘lsa, so‘nggi 6 yil davomidagi bunyodkorlik ishlari hisobiga qo‘shimcha 33 km metro yo‘nalishlari va 21 ta yangi bekatlar qurib, foydalanishga topshirildi. Buning natijasida metropoliten bekatlari soni jami 50 taga hamda yo‘nalishlar uzunligi 71 kmga yetdi. 

209 mln. yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilishi kutilmoqda

Buning natijasida, 2016-yil davomida Toshkent metropoliteni 52 mln. aholiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 172 mln.ni tashkil qildi. Mo‘ljalda 2024-yil yakuniga qadar 209 mln. yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilishi kutilmoqda.

 2021-yil bir kunda 280-300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatgich 920-930 mingni tashkil qilmoqda. 2024-yil yakunigacha metrodan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni bir kunda 1 mln.ga yetishi kutilmoqda.

Yo‘lovchi tashish bo‘yicha oraliq vaqt qisqartirildi

 Yo‘lovchilar sonining ortib borishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarni oldini olish hamda yo‘lovchilarning bir manzildan boshqa manzilga borish vaqtlarini qisqartirish maqsadida so‘nggi 3 yilda tig‘iz vaqtda harakat tarkiblarining yo‘lovchi tashish bo‘yicha oraliq vaqti (interval) qisqartirildi. Jumladan:

Yo‘nalishlar 2021 - yil 2024 - yil Chilonzoryo‘nalishi -5 daqiqadan (16 ta poyezd ishlagan) 1,5 daqiqaga (28 ta poyezd ishlamoqda);

O‘zbekistonyo‘nalishi- 6 daqiqadan (9 ta poyezd ishlagan) 3 daqiqaga (16 ta poyezd ishlamoqda);

Yunusobodyo‘nalishi 11 daqiqadan (6 ta poyezd ishlagan) 4 daqiqaga (11 ta poyezd ishlamoqda);

O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi yer usti halqa yo'liyo‘nalishi - 12 daqiqadan (5 ta poyezd ishlagan) 9 daqiqaga (11 ta poyezd ishlamoqda).

Metropoliten ishchilari

Shuningdek, so‘nggi 3 yil mobaynida Toshkent metropolitenining tarkibiy bo‘linmalariga jami 4000 nafarga yaqin xodim ishga qabul qilinib, ularni umumiy soni 6 150 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 1715 nafari (28%) oliy ma’lumotga ega. Ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli xodimlarning 2744 nafari (68%) yoshlarni tashkil qiladi.

Shu bilan birga yangi metro poyezdlari bilan birga xizmat muddatini o‘tib bo‘lgan 21 ta harakat tarkibi xizmat ko‘rsatmoqda. Yo‘lovchilar soni keskin oshishi bu metro poyezdlariga tushadigan yuklamani ko‘payishiga olib kelmoqda.

2021-yilda nosozliklar va to‘xtab qolish holatlari 138 tani tashkil qilgan. 2023-yilda bunday holatlar soni 71 ta qayd etilib, 2 barobarga kamayishiga erishilgan. Hozirda ushbu holatlarni to‘liq bartaraf etish va “xavfsiz transport” maqomiga erishish choralari ko‘rilmoqda.

Joriy yil yakunidan boshlab 48 ta va 2025-yil davomida yana qo‘shimcha 56 dona zamonaviy metro vagonlarini harid qilish ko‘zda tutilgan. Buning natijasida tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yo‘nalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirishga erishiladi.

Yangi metro vagonlari kelishiga 3 oy qolgani va yangi vagonlar kelishi bilan Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida vagonlar soni ortishi hamda buning hisobiga oraliq interval yanada kamaytiriladi. (hozirgi 9, 4 daqiqadan 2-3 daqiqagacha)”, - deyiladi DUK xabarida.

OAV vakillari bilan Matbuot anjumani shaklida ochiq muloqot o‘tkazish

“Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati, yo‘lovchilar soni keskin ko‘payishi va qish faslini yaqinlashib kelayotganligi sababli, yo‘lovchilarimizga madaniyatli xizmat ko‘rsatish hamda metropoliten to‘g‘risida to‘liq, haqqoniy ma’lumotga ega bo‘lish shuningdek, OAV vakillari bilan yanada yaqinroq munosabatlarni o‘rnatish maqsadida har oyning birinchi o‘n kunligida bir oy davomida qilingan ishlar bo‘yicha yo‘lovchilar va OAV vakillari bilan Matbuot anjumani shaklida ochiq muloqot o‘tkazishni taklif qiladi. Bu muntazam tarzda doimiy amalga oshiriladi. 

Bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

“Yuqoridagi qoidalarga amal qilib, yo‘lovchilarga xavfsiz va madaniyatli xizmat ko‘rsatishda o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz”, - deyiladi xabarda.