Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Katta shaharlar nega metroga muhtoj?

Nega katta shaharlar metroga muhtoj, metro yo‘llarining boshqa har qanday transportdan ustunligi nimada-ki, barcha mamlakatlar bu uchun ancha ishlar olib boradi?

2 daqiqa o‘qiladi

Katta shaharlar nega metroga muhtoj?

1977-yilda O‘zbekistonda ilk marta metro – Chilonzor liniyasi ochildi, Toshkent metrosi mamlakatimizdagi yagona metro bo‘lsa-da, o‘ta muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Aslini olganda nega bu kabi katta shaharlar metroga muhtoj, metro yo‘llarining boshqa har qanday transportdan ustunligi nimada-ki, barcha mamlakatlar bu uchun ancha ishlar olib boradi?

Yuqori darajadagi samaradorlik

Metroning boshqa har qanday transportdan eng ustun tarafi – shubhasiz samaradorlikdadir. Transportda bir vaqtning o‘zida bir necha 10 minglab yo‘lovchilarni manzilga olib borishi mumkin. Umuman Toshkent metropoliteni bir kunda o‘rtacha 620 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi va bu har qanday transportdan ko‘ra katta raqamlardir. Albatta avtobus yoki avtomobillar ham ancha odamga xizmat ko‘rsatadi, ammo bir shahardagi kunlik bunday natija ular uchun ham aql bovar hisoblanadi.

Yuqori tezlik

Metro juda ko‘p odamni olib yurishidan qat’iy nazar tezlik o‘zgarmaydi, chunki liniyalar uchun ichkaridagi miqdor unchalik muhim emas. Toshkent metrosining o‘rtacha tezligi 60 km/soat hisoblanadi, eng yuqori tezlik 80 km/soat bo‘lsa, ba’zi profilaktik hollarda ushbu raqamlar 40 km/soatga tushiriladi. Demak, yo‘lovchilar uzoq masofalarni tez va oson bosib o‘tishlari mumkin.

Ishonchlilik

Hech ikkilanmasdan biz metroni eng ishonchli transport tarmog‘i deb ayta olamiz. Butun dunyo bo‘ylab metroning manzilga yetib borish ko‘rsatkichi 99 foiz hisoblanadi, siz ko‘zlangan maqsadga har doim yetib bora olasiz degani. Metro bekatlaridagi vaqt intervali 3-5 daqiqa hisoblanadi, bu esa agarda biror muammo chiqqanda ham eng yaqin bekatda tushib qolish imkoniyatini beradi. 

Xavfsizlik

Siz biror marta ikki metroning to‘qnashib ketganligini eshitganmisiz, men ham yo‘q (u rus kinosi hisobmas albatta). Metro relslari eng xavfsiz tarmoq hisoblanadi, deyarli bir-biriga urilib ketish xavfi mavjud emas. Chunki har bir poyezd alohida “o‘z” yo‘lidan yuradi, tirbandlik va boshqa xavf-xatarlarga duch duch kelmaydi.

Atrof-muhit uchun foydalari

Metro relslari elektr quvvati bilan ishlaydi va tabiatga chiqindi chiqarish ko‘rsatkichi deyarli nolga teng. Bu havo ifloslanishini kamaytirish va shaharlarda havo sifatini yaxshilashga yordam beradi. Undan tashqari, metro ijtimoiy tenglik uchun yordam beradi, iqtisodiy rivojlanish uchun foydali hamda shaharlardagi yashashni yaroqliroq qilishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, metro bugunning eng kerakli va foydali transporti hisoblanadi.