Yangi olib kelingan metrolar qaysi linyalarda harakatlanadi?
Poyezdlar texnik sinov jarayonida.
1 daqiqa o‘qiladi

24-fevral kuni Toshkent shahriga “Metrovagonmash” zavodida ishlab chiqarilgan to‘rt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.
10 kunlik sinov muddati
Ushbu poyezdlar belgilan yo‘riqnomaga asosan 8−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkaziladi. So‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Ikki yo’nalishga qo‘yiladi
Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida yangi harakat tarkiblari asosan, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida harakatga chiqariladi.
Maqsad vaqt intervallarini qisqartirish
Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, may oyi so‘ngiga qadar bosqichma bosqich ravishda yana 8 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.



