$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekistondagi barcha metan "zapravkalardan" cheklov olib tashlandi

metan

O‘zbekiston Energetika vazirligi AOKAda o‘tkazilgan brifingda 7-martdan e’tiboran avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklov olib tashlanganini ochiqladi.

Cheklov sabablari

“Tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytgani munosabati bilan bugundan e’tiboran mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi”, deyilgan vazirlik e’lonida. Mamlakatdagi metan zapravkalar faoliyatiga ushbu cheklov 18-fevral kuni kiritilgandi. Bunga 17-fevral kuni Buxoro viloyatidagi “L-Gazli-1” va “L-Gazli-2” yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridagi yuzaga kelgan nosozlik sabab o‘laroq ko‘rsatilgandi. Nosozlik oqibatida, rasmiy ma’lumotga ko‘ra, “tabiiy gaz hajmi me’yoriy sxemadagidan qisqarib, magistral gaz quvurlarida bosim nisbatan pasaygan” edi.

Vazirlik axboroti

Bugun vazirlik axborot xizmati AOKA binosida bo'lib o'tgan brifingda 6-mart kuni elektr stansiyalar orqali 239 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 1 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilgani, buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 43,5 mln kubometr tabiiy gaz, 20 ming tonna ko‘mir hamda 9 ming tonna mazut yoqilganini e'lon qildi. Shunungdek, Turkmaniston Respublikasidan 18,4 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilingan. Respublika iste’molchilariga 227,2 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 7 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berilgan. Qishning sovuq kunlarida magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketganligi hamda aholi iste’molchilarida elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli 6-mart kuni mamlakatimiz bo‘ylab asosan kunning tig‘iz vaqtlarida 800 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lingan. "Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, bugun ham kunning tig‘iz paytlarida ma’lum miqdorda cheklovlar kiritilishi kutilmoqda. Gaz bosimining past ekaniga qaramay, 6-mart kuni ham uning iste’moli yuqoriligicha qoldi. Kecha mazkur miqdor 147,4 mln kubometrni, rejadagiga nisbatan 10 foiz ko‘pni tashkil qildi", — deyiladi vazirlik axborotida.