$
 12014.48
-39.55
 13858.70
-73.35
 166.61
-0.44
weather
+26
Кечаси   +14°

“AQSh va Eron o‘rtasidagi tinchlik memorandumi yakshanba kuni Jenevada imzolanishi mumkin” — Reuters

eron

12-iyun kuni G‘arbdagi manbaning Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasida Fors ko‘rfazidagi urushni to‘xtatish bo‘yicha memorandum yakshanba kuni imzolanishi mumkin, ammo, Jeneva eng samarasiz joy sifatida ko‘rilmoqda. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, memorandum bandlari hali yakunlanmagan. Eron tomoni Livandagi janglarga ham chek qo‘yish pozitsiyasida turibdi. Chunki u yerda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Hizbulloh jangarilari Isroilga qarshi kurashmoqda

Memorandum AQSh vitse-prezidenti J.D. Vance va Eron parlamenti spikeri Muhammad Baqir Qalibaf tomonidan imzolanishi kutilmoqda. Uchrashuv joyi hali belgilanmagan, ammo katta ehtimol bilan Jenevada bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Tramp payshanba kuni kelishuv tayyor bo‘lgani uchun Eronga qarshi yangi zarbalarni bekor qilayotganini aytgan edi. "Biz hozirgina Eron bilan urushni ajoyib tarzda hal qildik", dedi Tramp payshanba kuni Oq uyda jurnalistlarga.

Ammo juma kuni Eron rasmiylari tomonidan ta’riflangan kelishuv shartlarida Tehronga hozirgacha talab qilgan narsalarning ko‘pini taqdim etayotganga o‘xshaydi, Tramp esa fevral oyida hujumlarga buyruq berganidan keyin Eron yopib qo‘ygan Hormuz bo‘g‘ozining qayta ochilish rejasi amalga oshirolmaganidan afsusda.

Eronning talablari

Juma kuni Eronning yuqori lavozimli manbasi Reuters agentligiga loyiha Eron neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishini, milliardlab dollar mablag‘larini muzlatib qo‘yishni va barcha jabhalarda, jumladan, Livanda ham harbiy harakatlarni to‘xtatishni talab qilishini aytdi. Yadroviy masalalar keyingi muzokaralar uchun chetga suriladi. Vashington Eron hech qachon yadroviy qurol ishlab chiqarmasligini xohlayapti. Lekin, Eron bunday qurolga intilmasligini aytmoqda. Sanksiyalardan voz kechish, Eron aktivlarini muzlatishdan ozod qilish va Isroilning Livanga hujumlarini to‘xtatish Eronning asosiy talablari hisoblanadi. Manba Eron buning evaziga nima taklif qilishi mumkinligi haqida hech narsa demadi.

Eronning Mehr axborot agentligining xabar berishicha, Eronning shartlari AQShning boshqa muhim imtiyozlarini, jumladan, Eron atrofidan o‘z kuchlarini olib chiqish va zararlangan Eron iqtisodiyotini tiklash rejasini taqdim etish majburiyatini ham o‘z ichiga olgan.

Mehr xabarida aytilishicha, "Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Eronni qayta tiklash bo‘yicha kamida 300 milliard dollarlik rejalarni taqdim etishlari kerak".

Ushbu bayonotning narxlarga ta’siri

Trampning payshanba kuni Eronga yana "juda qattiq" zarba berish bilan tahdid qilganidan bir necha soat o‘tgach - global aksiyalarning ko‘tarilishiga va neft narxlarining pasayishiga olib keldi . Yevropaning kunduzgi savdolarida “Brent”neftining narxi 2% dan ko‘proqqa pasaydi. "Memorandumni imzolashimiz bilan Bo‘goz rasman ochiladi, juda tez orada, ehtimol dam olish kunlari Jenevada bo‘lishi mumkin", dedi Tramp. Eron Oliy Rahbari Oyatulla Mojtaba Xomenei kelishuvni ma’qullaganmi, degan savolga Tramp: "Men javob ha ekanligini sezyapman", dedi.

Hozir vaziyat qanday?

Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ayining payshanba kuni kelishuvning katta qismi yakunlanganini, ammo Eron o‘zining qizil chiziqlaridan voz kechmasligini aytgan edi. Payshanba kuni AQSh rasmiylari Hormuz bo‘g‘ozi atrofida keskinlik yuqoriligicha qolayotganini aytdi. Tehron muhim suv yo‘lidan o‘tayotgan tijorat kemalariga zarba berishga uringanidan so‘ng, AQSh kuchlari Eronning ikkita bir tomonlama hujumkor dronini urib tushirdi. Juma kuni erta tongda Eron harbiylari bo‘g‘ozdan o‘tayotgan tankerni to‘xtatdi, deya xabar berdi Eron ommaviy axborot vositalari.

Bu urushning AQSHdagi saylovga ta’siri

Mojaro Oq uy uchun siyosiy bosh og‘rig‘iga aylandi. So‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, Trampning reytingi benzin narxlarining oshgani sabab saylovchilar tomonidan past baholanmoqda.

Теги :
Jamiyat