$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

Farzandingizni vaqtida tibbiy ko'rikdan o'tkazyapsizmi?

tibbiy ko

Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi alohida parvarish va e’tiborni talab qiladi. Ayniqsa, yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib kamolga yetishida tibbiyot mutaxassislarining tavsiya va maslahatlari juda muhim. Shu sababdan ham ota-onalar farzandlarini belgilangan muddat va tartibda tibbiy ko'rikdan o'tkazib borishi kerak.

Qancha vaqtda ko'rikdan o'tish kerak?

Mirzo Ulug‘bek tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sevara Xusanova bolalarni qaysi muddatlarda tibbiy ko'rikdan o'tkazish kerakligi haqida ma'lumot berdi.

Shifokorga ko'ra, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati doirasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning holati tug‘uruqxonadan chiqqanidan so‘ng 3 kun ichida va 15 hamda 30 kunlikda oila shifokori va patronaj hamshirasi tomonidan kuzatib boriladi.

Har oyda 1 marta bolaning bo‘y uzunligi, tana vazni, bosh va ko‘krak aylanasi, VBI (vazn-bo‘y indeksi) hamda psixomotor rivojlanishi aniqlanadi. 2 oylikda esa chaqaloq nevropatolog va ortoped kabi tor soha mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi. 

Tekshiruvda nimalar qayd etilishi kerak?

Shuningdek, go‘dak salomatligi yilda 4 marta, ya’ni 3, 6, 9 va 12 oylikda, 2 yoshgacha bolalar esa yilda 2 marta, ya’ni 18 oylik va 2 yoshda patronaj hamshirasi tomonidan tekshirib boriladi.

 1–3 yosh

 1–3 yoshli bolalar har chorakda bir marta oila shifokori va patronaj hamshirasi tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda bolaning bo‘y uzunligi, tana vazni, bosh va ko‘krak aylanasi hamda VBI (vazn-bo‘y indeksi) aniqlanib, kerakli tavsiyalar beriladi.

Bundan tashqari, har chorakda 1 marta ularning psixomotor rivojlanishi baholab boriladi hamda yilda 1 marta stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalmolog va pediatr kabi tor soha mutaxassislari tomonidan maqsadli tibbiy ko‘riklardan o‘tkaziladi.

3 – 5 yosh

3 – 5 yoshli bolalar esa har 6 oyda 1 marta tibbiy ko‘rik bilan qamrab olinadi. Bunda ularning bo‘y uzunligi, tana vazni, bosh va ko‘krak aylanasi hamda VBI (vazn-bo‘y indeksi)ni aniqlanib, zarur hollarda ota-onalarga tibbiy maslahatlar beriladi.

Bu yoshdagi bolalar salomatligi, shuningdek 3, 4 va 5 yoshda yiliga 1 marta hamda emlangandan keyin 3 kun ichida 1 marta patronaj hamshirasi tomonidan kuzatib boriladi.  

Qolaversa, har 6 oyda 1 marta bolaning psixomotor rivojlanishi kuzatilib, yilda 1 marta stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalmolog va pediatr kabi tor soha mutaxassislari ko‘rigidan o‘tadi.

 6 – 18 yosh

Rejaga ko‘ra, 6 – 18 yoshli bolalarning sog‘ligi yilda 1 marta oila shifokori tomonidan tekshirilib, salomatlik guruhlariga tasniflanadi. Bunda ularning ham bo‘y uzunligi, tana vazni, bosh va ko‘krak aylanasi hamda VBI (vazn-bo‘y indeksi) va psixomotor rivojlanishi kuzatiladi.

Shuningdek, ularning salomatligi yilda 1 marta stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalmolog va pediatr tomonidan tekshirib boriladi.