$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Sifatsiz go‘sht savdosiga chek qo‘yildi

meat

Iste’mol qilayotgan taomlaringiz va oilaviy ro‘zg‘orning ajralmas qismini go‘sht tashkil etadi. Uning sifatli bo‘lishi va yaxshi sharoitda saqlanishi juda ham muhimdir. Aks holda bu og‘ir holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Salbiy sanitar holatga qarshi kurashish

Aholini sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash, sanitar holat bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olish maqsadida reyd va profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Insonlar salomatligini emas, o‘z cho‘ntagini o‘ylayotganlarga nisbatan esa tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Sifatsiz go‘shtni odamlarga sotgan shaxs

Farg‘ona viloyati IIB karantin tadbirlarini tashkillash guruhi hamda veterinariya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan shunday tadbirlarda birida, Quva tumani Qayirma mahallasida fuqaro sotish maqsadida qushxonada so‘yilgan 1 bosh, 200 kilogramlik chorva hayvoni go‘shtini veterinariya-sanitariya qoidalariga zid sharoitda sotayotganligi aniqlangan.

Go‘shtning ahvoli

Go‘sht mahsulotlari aslida, zararli ta’sirlardan holi bo‘lgan sharoitda, ma’lum belgilangan haroratda saqlanishi kerak. Aks holda, uni iste’mol qilgan odamda ovqatdan zaharlanish kuzatilishi ham mumkin.

"Mesniy qassob" esa go‘sht mahsulotlarini ochiq joyda, mahsulotning sifatiga salbiy ta’sir qiladigan sharoitda, yana maxsus tozalik jihozlarisiz odamlarga sotayotganligi aniqlandi.

Qonuniy jazo

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Теги :
Жамият