$
 11974.79
-54.41
 14008.11
-57.63
 159.64
-0.62
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida bir pog‘ona yuqoriladi

erkin

“Chegara bilmas muxbirlar” 2026-yilgi matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi. O‘zbekiston reytingda bir pog‘ona yuqorilab, 180 ta davlat ichida 147-o‘rinni, egalladi. 

Dunyo mamlakatlarining yarmi matbuot erkinligi boʻyicha “qiyin” ahvolda

Tarixida birinchi marta dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pi matbuot erkinligi holati bo‘yicha “qiyin” yoki “juda jiddiy” toifalarga kirdi. Ular qatorida Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston ham bor. Mintaqa davlatlarining reytingdagi ko‘rsatkichi quyidagicha:

Qirg‘iziston — 146 (144-o‘rin edi)

O‘zbekiston — 147 (148-o‘rin edi)

Qozog‘iston — 149 (141-o‘rin edi)

Tojikiston — 155(153-o‘rin edi)

Turkmaniston — 173 (174-o‘rin edi).

Norvegiya ketma-ket o‘ninchi yil birinchi o‘rinni egallab turibdi, Eritreya esa ketma-ket uchinchi yil oxirgi o‘rinda qolmoqda. Asad rejimidan keyingi Suriya 2026-yilgi indeksda eng katta ijobiy o‘sishni ko‘rsatdi, u reytingda 36 pog‘onaga (177-o‘rin edi, 141-o‘ringa ko‘tarildi) yuqoriladi.

“25 yil ichida 180 ta mamlakat va hududning o‘rtacha ko‘rsatkichi hech qachon bunchalik darajada past bo‘lmagan”, deydi “Chegara bilmas muxbirlar”.

Erkinlikni cheklovchi huquqiy asoslar

2001-yildan beri matbuot erkinligini cheklovchi huquqiy asoslarning kengayishi hatto demokratik mamlakatlarda ham axborot olish huquqiga ta’sir qildi. Ushbu cheklovchi choralar asosan davlatlarning milliy xavfsizlik siyosati bilan bog‘liq.

“Indeksning huquqiy ko‘rsatkichi o‘tgan yil davomida eng ko‘p pasayishni qayd etdi. Bu butun dunyo bo‘ylab jurnalistik faoliyat tobora kriminallashtirilayotganidan dalolat beradi”, deyiladi indeks tahlilida.

Теги :
Jamiyat