$
 12621.29
-103.87
 14596.52
88.57
 158.44
-0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Magistratura uchun til sertifikati talabi bekor boʻladimi?

Талабаларга контракт тўлашда бир қатор енгилликлар берилди

Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda til sertifikati atrofida turli muhokamalar boʻlib oʻtmoqda. Magistratura uchun ushbu talab bekor qilinadi degan gaplar ham yoʻq emas.

Ushbu munosabatlarga sabab esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Prezidentning 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori bo’yicha to‘ldirilgan TSTB hisobotining eʼlon qilinishidir 

Kvotalar ochiq qolmoqda

Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun ajratilgan kvotalar ochiq qolganligi tufayli oliy ta’lim muassasalari uchun yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar 2021–2023-yillar oralig‘ida jami 206 mlrd 435 mln so‘mni tashkil etgan.

Moliyaviy yoʻqotishlar ham anchagina

Bu borada moliyaviy yo‘qotishlar 2021-yilda 18 mlrd. 690 mln. so‘mni, 2022-yilda 101 mlrd. 865 mln. so‘mni, 2023-yilda 85 mlrd. 880 mln. so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot