$
 12212.79
43.38
 14411.09
51.19
 159.52
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Mart oyida bayramlar dam olish kuniga toʻgʻri kelyapti

kalendar

O‘zbekistonda 2026-yil mart oyida bayram kunlari dam olish kunlariga tog‘ri kelmoqda. Bunday hollarda xodimlar necha kun dam olishiga Bandlik vazirligi Mehnat va kasb standartlari boshqarmasi boshlig‘i Laziz Qarshiyev izoh berdi.

Joriy yilda 21-mart – Navro‘z bayrami shanba, dam olish kuniga (haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun) to‘g‘ri keladi, ramazon oyi boshlangan kuni 19-fevraldan 30 kun hisoblansa, aynan Ramazon hayiti bayrami 21-martga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Bunday holatda xodimlar necha kun dam oladi?

Laziz Qarshiyevning bildirishicha, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, agar dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, ushbu dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Bunda 21-mart, shanba dam olish kuni 23-mart, dushanbaga ko‘chiriladi.

Shundan kelib chiqib, haftada 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun ketma-ket 3 kun dam oladi:

21-mart (shanba) — bayram kuni;

22-mart (yakshanba) — dam olish kuni;

23-mart (dushanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 2 kun dam olish bo‘ladi:

22-mart (yakshanba) — dam olish kuni.

“Bunday bayramlarda 5 kun dam olishga o‘rganib qolganlarga 2−3 kunlik dam olish yoqmayapti, lekin amaldagi qonunchilik bo‘yicha tartib shunday. Ungacha qonunchilikda o‘zgartirishlar bo‘lsa, xabar beramiz”, deydi Bandlik vazirligi boshqarmasi boshlig‘i.

8-mart yakshanbaga to‘g‘ri keladi

Shuningdek, joriy yilda 8-mart — Xotin-qizlar kuni ham yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri keladi. Bu bayramda ham haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun ketma-ket 3 kun dam olish belgilanadi:

7-mart (shanba) — dam olish kuni;

8-mart (yakshanba) — bayram kuni;

9-mart (dushanba) — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun esa ikki kun dam olish bo‘ladi:

8-mart — bayram;

9-mart — yakshanba, ko‘chirilgan dam olish kuni.

Теги :
Jamiyat