$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Marixuanani qo'yniga yashirgan shaxs

Marixuana

Bugungi kun emas, davr muammosi bo'lgan "qora dori"larning turlari ham, tarqalishi ham yildan-yilga o'sib bormoqda. Yangi hayot tumanida ham shunday "zaxriqotil"ning bir turini olib ketayotgan yigit qo'lga olindi.

Chap yengida "zaxar" tashigan yigit

Patrul post xizmati xodimlari Yangi hayot tumanida shubhali tuyulgan 38 yoshli erkakni to'xtatib tekshirilganda, kurtkasining chap yengida marixuana topilgan. Xolislar ishtirokida, jamoat joyida qo'lga olingan erkak, giyohvand moddani 0,5 va 1,5 litr hajmga ega bo'lgan idishlarga solib, egniga bekitib olgani aniqlangan.

Kimyoviy ekspertiza natijasi

Ekspertiza xulosasiga ko'ra yelim idish ichida bo'lgan o'tkir hidli o'tsimon modda tarkibida giyohvand modda, titrogidrokarnabinol mavjud bo'lganligi, ya'ni, marixuana ekanligi aniqlangan.

Unga nisbatan jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qism A bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Daladan marixuana tergan yigit

Sudlanuvchi dala maydonida, yovvoyi holda o'sayotgan 4-5 tup marixuanani olib, uni tayyor holatga keltirib, iste'mol qilib turishini aytgan.

Ammo bu qay darajada haqiqatga yaqin ekanligini sud hal qiladi.

Yangi hayot sudi xulosasi

Jinoyat ishlari bo'yicha Yangi hayot tuman sudi sudyasi Ikrom Rajabov raisligida o'tgan sudda, giyohvandlik bilan bog'liq bu ishga qonuniy baho berildi.

Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 276-moddasi, 2-qismining A bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va shu bandga asosan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil koloniyada o'tash belgilandi va tegishli tartibda, xibs kunlari ham jazo hisobidan chegirib tashlandi.

"Qullar va qulvachchalar" qanchalik ko'paydi

Birlashgan millatlar tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikni nazorat qilish boshqarmasi e'lon qilgan hisobotga ko'ra, dunyoda giyohvand moddalar iste'mol qiluvchilar soni 10 yil ichida 23% ga o'sib, 240 milliondan 296 millionga nafarga yetgan.

Giyohvand moddalar bilan bog'liq kasalikklardan aziyat chekuvchilar esa, 2011-yildan 2021-yilgacha bo'lgan davrda 45% ga oshganligi bu illatga qarshi choralarni kuchaytirish kerak ekanligi yoki insonlarning o'z sog'ligiga nisbatan hurmatini shakllantirish talabini insoniyat oldiga ko'ndalang qo'ymoqda.

Теги :
Jamiyat