$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng yuqori maosh Navoiy va Toshkentda to‘lanadi

positive

O‘rtacha ish haqi oshgan

Statistika agentligiga ko‘ra, 2024-yil I yarmida o‘rtacha ish haqi 5 mln 92,2 ming so‘mni tashkil etdi. Bu 2023-yil mos davriga nisbatan 17,4% ga ko‘p.

Hududlar kesimida

Oylik maoshlarining hududlar kesimida statistikasi e’lon qilindi. 

Bunga ko‘ra, Toshkent shahri 8,4 million so‘m maosh bilan birinchi va Navoiy viloyati 6,6 mln. so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.

Eng kam oylik ish haqi esa, Qashqadaryoda qayd etilgan.

Qolgan viloyatlarda:

3. Toshkent viloyati — 4,9 mln;

4. Andijon viloyati — 4,4 mln;

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4,2 mln;

6. Buxoro viloyati — 4,2 mln;

7. Xorazm viloyati — 4,1 mln;

8. Sirdaryo viloyati — 4,1 mln;

9. Samarqand viloyati — 3,8 mln;

10. Jizzax viloyati — 3,8 mln;

11. Farg‘ona viloyati — 3,8 mln;

12. Namangan viloyati — 3,7 mln;

13. Surxondaryo viloyati — 3,7 mln. so‘mni tashkil etilgan.

Nega o‘rtacha oylik maoshi hududlarda bu holatda?

Bu statistikaga turli yo‘nalish va sohalardagi korxonalar, tadbirkorlik subyektlari ko‘p yoki kam ekanligi ham ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, Navoiy viloyatidagi oilaviy korxonalar soni 3 261 ta, xususiy korxonalar soni esa 4 133 tani tashkil etgan. Viloyatda yanvar va iyun oylarida chakana savdo hajmi 5 814,5 mlrd. ni tashkil etgan.

Nominal hisoblangan oylik ish haqining eng yuqori o‘sish surati esa Toshkent shahrida qayd etilgan. Bizda poytaxt va markazlashgan tizim ishlaganligi sababli ko‘plab korxonalar, tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini markazda olib borishga intiladi. Buning natijasida tabiiy eng yuqori oylik maoshi ham poytaxtda qayd etiladi. 

Ammo bu markazlashish oqibatida ba’zi hududlarda rivojlanishning ortda qolishini ham kuzatamiz. Barcha tarmoqlarning markazga intilishi Toshkentdagi holatga ham ta’sir qiladi. Ko‘proq sanoat korxonalari qurilishi, eng avvalo, shaharning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oddiygina misol Toshkent shahrining o‘zida 10 894 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Теги :
Жамият