$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonliklar bir oyda o‘rtacha qancha oylik ish haqi olishadi?

Maosh

Mavzuga kirishishimizdan avval asosiy atamaga izoh berib o‘tishimiz to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Yalpi ish haqi — bu soliqlar va boshqa ajratmalar chiqarib tashlanishidan oldingi umumiy ish haqidir. Tadqiqotchilar taqqoslash oson bo‘lishi uchun reytingni AQSH dollarida hisoblagan.

O‘zbekistonning va MDH davlatlaridagi vaziyat

CEOWORLD Magazine tadqiqodiga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ish haqi darajasi bo‘yicha MDH davlatlari orasida 8-o‘rinni egalladi, mamlakatda o‘rtacha ish haqi 351 dollarni tashkil etadi. Eng yuqori ko‘rsatkich Rossiyada qayd etilgan - $2159. Undan keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston ($673), Turkmaniston ($654), Belarus ($621), Armaniston ($541), Moldova ($508) va Ozarbayjon ($494) egallaydi. O‘zbekistondan quyida faqatgina Qirg‘iziston ($228) va Tojikiston ($169) joy olgan.

Yuqori va quyidagi holat

Dunyodagi eng yuqori ish haqi, reytingga ko‘ra, Shveysariyada kuzatilgan - $8100. Birinchi uchlikka Lyuksemburg ($6633) va AQSH ($6455) kiradi. Eng past maosh esa Lesoto ($24), Angola ($27) va Malavida ($31) qayd etildi. Statistika agentligining nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,8 foizga o‘sib, 4 mln 920 ming so‘mni tashkil etgan.

Теги :
Iqtisodiyot