$
 12017.04
26.78
 13712.64
-25.8
 160.63
-1.6
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston eng kam ish haqi to‘lanadigan davlatlar sirasiga kiradimi?

Maoshlar

Har bir inson ma’lum mehnat faoliyat turi bilan shug‘ullanar ekan, o‘z ishini ish beruvchi yoki umumiy jamoat oldida qadr topishini xohlaydi. Biroq sayyoraning barcha nuqtasida ham bunday imkoniyat yo‘q. Ushbu maqolada dunyoning eng kam ish haqi to‘lanadigan nuqtalari haqida hikoya qilinadi.

Kuba

Kubada o‘rtacha oylik maosh 50 AQSh dollari. Kuba sotsialistik iqtisodiyotga ega bo‘lib, davlat iqtisodiyotning asosiy sohalarini nazorat qiladi. Bu esa xususiy sektorning cheklanganligi va raqobatning pastligiga olib keladi, natijada ish haqlari ham past bo‘ladi. Kuba uzoq yillar davomida AQShning iqtisodiy sanksiyalariga duch kelgan. Bu sanksiyalar mamlakatning tashqi savdosi va investitsiyalarini cheklab, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirgan. Kubada mahalliy valyuta qadrsizlanishi inflyatsiyani oshirib, ish haqlarining real qiymatini pasaytiradi. Iqtisodiy cheklovlar va samarasizliklar tufayli bozorda mahsulot va xizmatlar tanqisligi kuzatiladi, bu esa ish haqlarining past bo‘lishiga olib kelgan. 

Efiopiya

Efiopiyada o‘rtacha oylik maosh 60 AQSh dollari. Efiopiya iqtisodiyoti hali ham rivojlanish bosqichida bo‘lib, sanoatlashtirish va infratuzilma sohalarida yetarli darajada taraqqiyotga erishmagan. Bu esa ish o‘rinlari va ish haqlarining past bo‘lishiga olib keladi. Mamlakat aholisining katta qismi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Aholining ta’lim va malaka darajasi pastligi yuqori maoshli ish o‘rinlariga kirish imkoniyatini cheklaydi. Aholining tez sur’atlarda o‘sishi ish o‘rinlariga bo‘lgan talabni oshiradi, lekin iqtisodiyot bu talabni qondirishga qodir emas. Natijada, ishsizlik darajasi yuqori bo‘lib, ish haqlarining past bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Mozambik

Mozambikda o‘rtacha oylik maosh 65 AQSh dollari. Mozambik rivojlanayotgan mamlakat bo‘lib, iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligi va tabiiy resurslardan foydalanishga bog‘liq. Aholining katta qismi yetarli ta’lim va malakaga ega emas, bu esa yuqori maoshli ish o‘rinlariga kirish imkoniyatini cheklaydi. Inflyatsiya va mahalliy valyuta qadrsizlanishi ish haqlarining real qiymatini pasaytiradi, bu esa aholining xarid qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Top—7

  • Kongo Demokratik Respublikasi, o‘rtacha oylik maosh: 70 AQSh dollari. Kongo tabiiy resurslarga boy bo‘lishiga qaramay, davlatda qashshoqlik hukm suradi.
  • Madagaskar, o‘rtacha oylik maosh: 75 AQSh dollari. Oziq-ovqat narxlari past bo‘lishiga qaramay, elektr, yoqilg‘i va transport kabi xizmatlar uchun xarajatlar oshib bormoqda.
  • Zimbabve, o‘rtacha oylik maosh 85 AQSh dollari. Inflyatsiya tufayli yashash xarajatlari tez o‘sib bormoqda. Maoshlar esa o‘sha-o‘sha pastligicha qolmoqda.
  • Nigeriya, o‘rtacha oylik maosh 90 AQSh dollari.
  • Yaman, o‘rtacha oylik maosh 100 AQSh dollari. Urush va siyosiy beqarorlik sababli inflyatsiya va ish o‘rinlari yetishmasligi mavjud. Yashash xarajatlari esa maoshga mos kelmaydi. Bu davlatda urush ketayotganligi uchun oziq-ovqat yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
  • Tojikiston, o‘rtacha oylik maosh 110 AQSh dollari. Tojikistonda minimal maosh past bo‘lsa-da, narxlar nisbatan yuqori bo‘lib, oilalarning ehtiyojlarini to‘liq qoplashda muammolar paydo bo‘lmoqda. Tojikistonning tashqi qarzlari yuqori va aholisining ko‘p qismi mehnat muhojiri sifatida rivojlangan davlatlarga chiqishgan.
  • Ukraina, o‘rtacha oylik maosh: 120 AQSh dollari. Toki mamlakatda urush boshlangunga qadar bu davlatda ishchilar o‘rtacha hayot kechirishgan. Bugungi siyosiy holatlar va urushlar tufayli aholining yashash sifati pasayib bormoqda.

O‘zbekistondagi vaziyat qanday?

O‘zbekistondagi eng kam ish haqi xalqaro miqyosda past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 2023-yil yanvar oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda soliqlardan keyingi o‘rtacha oylik ish haqi 279 AQSh dollarini tashkil etgan va bu ko‘rsatkich bilan mamlakat 106 davlat orasida 96-o‘rinni egallagan. Shuningdek, 2024-yil boshida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonda oddiy oziq-ovqat savati narxi eng kam ish haqining 96,1 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston 67 ta davlat orasida 66-o‘rinni egallagan. Ushbu ma’lumotlar O‘zbekistondagi eng kam ish haqi xalqaro miqyosda past darajada ekanligini ko‘rsatadi.

Теги :
Iqtisodiyot