$
 12593.77
90.78
 14698.19
213.48
 158.49
2.55
weather
+26
Кечаси   +14°

“Sezon” boshlandi: Maktab bozorligida ota-onalarni qancha xarajat kutmoqda?

Maktab bozori

🛍Avgust oyi maktabga boradigan farzandi borlar uchun norasmiy tarzda bozorlik oyiga aylanib ulgirgan. Odatda, o‘zbekistonliklar uchun eng qulay variant – an’anaviy bozorlar. Odamlar borib, hamma bozorliklarni o‘zlari tanlab olishga o‘rganib qolgan. 

🛒Lekin bugungi kunda zamonaviy marketpleyslar rivojlangan paytda ushbu ishni uydan turib ham amalga oshirish imkoniyati bor. UZ24 jamoasi onlayn marketpleyslar orqali maktab bozorini qilish qanchaga tushishini hisoblab chiqdi.

📚Kanstovarlar:

  • 🖌Ruchka (5 dona) – 7 000 so‘m;
  • ✏️Qora qalam (3 dona) – 6 000 so‘m;
  • 📖Daftar 12 varoqli (10 dona) – 20 000 so‘m;
  • 📓Umumiy dafar (15 dona) – 50 000 so‘m;
  • 🎨Rangli qalam (12 xil rangli) – 15 000 so‘m;
  • 📑Jild (kitob) – 15 000 so‘m;
  • 📔Jild (daftar) – 8 000 so‘m;
  • 🗃Penal – 15 000 so‘m;
  • ✏️O‘tkirlagich – 9 000 so‘m;
  • 🧽O‘chirg‘ich – 6 000 so‘m;
  • 📐Chizg‘ichlar to‘plami – 25 000 so‘m;
  • 📒Rasm daftari (24 varoqli) – 15 000 so‘m.

Maktab formasi:

🤵O‘g‘il bolalar uchun:

  • 👔Oq ko‘ylak – 175 000 so‘m;
  • 👖Klassik shim – 250 000 so‘m;
  • 👞Tufli – 300 000 so‘m;
  • 🤵Bo‘yinbog‘ – 40 000 so‘m;

 🤵‍♀️Qiz bolalar uchun:

  • 👗Yubka – 200 000 so‘m;
  • 👚Oq kofta – 250 000 so‘m;
  • 👠 Tufli – 250 000 so‘m;
  •  👖Kalgotkalar – 125 000 so‘m;
  • 🎀Soch banti – 50 000 so‘m.
  • 🎒Maktab sumkasi – 100 000 so‘mdan boshlanadi;
  • Dastro‘mol (dona) – 20 000 so‘m;
  • 🧦Paypoq (1 juft) – 20 000 so‘m.

🧮 Umumiy hisobda bir nafar o‘g‘il bola uchun maktab bozorligi o‘rtacha 1 mln 96 ming so‘m, qiz bola uchun esa 1 mln 206 ming so‘mga tushmoqda. Bir oilada o‘rtacha ikki nafar bola maktabda o‘qiydigan bo‘lsa, bozorlik o‘rta hisobda 2 mln 300 ming so‘mga to‘g‘ri kelmoqda. 

❗️Yuqorida keltirilgan barcha narxlar bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ommabop marketpleyslardagi o‘rtacha narxlardan olingan bo‘lib, mahsulotlar hajmi va sifatiga qarab narxlar ham o‘zgaraveradi.

Теги :
Jamiyat