Oʻzbekistondagi maktablarda bir nafar oʻqituvchiga 12 oʻquvchi toʻgʻri kelmoqda
2024/2025-oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasalarida bir nafar oʻqituvchiga oʻrtacha 12 nafar oʻquvchi toʻgʻri kelmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
2 daqiqa o‘qiladi

2024/2025-oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasalarida bir nafar oʻqituvchiga oʻrtacha 12 nafar oʻquvchi toʻgʻri kelmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Hududlar kesimida
Ushbu koʻrsatkich hududlar kesimida quyidagicha:
- Toshkent shahri – 17 nafar
- Andijon viloyati – 14 nafar
- Toshkent viloyati – 14 nafar
- Namangan viloyati – 13 nafar
- Samarqand viloyati – 13 nafar
- Fargʻona viloyati – 12 nafar
- Sirdaryo viloyati – 12 nafar
- Surxondaryo viloyati – 11 nafar
- Jizzax viloyati – 11 nafar
- Xorazm viloyati – 11 nafar
- Buxoro viloyati – 11 nafar
- Qashqadaryo viloyati – 11 nafar
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 9 nafar
- Navoiy viloyati – 9 nafar.
Oʻzbekistonda qancha oʻqituvchi bor?
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistondagi maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilarning umumiy soni so‘nggi 6 yilda 78,3 ming nafarga oshgani xabar berilgan edi.
2024/2025-o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar(o‘rindoshlarsiz)ning umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2019/2020-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 78,3 ming nafarga oshgan.
Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:
- 2019/2020-o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;
- 2020/2021-o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;
- 2021/2022-o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;
- 2022/2023-o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;
- 2023/2024-o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar;
- 2024/2025-o‘quv yili boshiga 564,9 ming nafar.



