Ish vaqtidan tashqari majlislar: Bu qanchalik qonuniy?
Mehnat kodeksi bu borada aniq qoidalarni belgilab bergan. Tashkilot ichidagi majlislar qachon qonuniy, qachon huquqbuzarlik hisoblanadi? O’zi, bu borada rahbarning bu boradagi vakolatlari qanday?
2 daqiqa o‘qiladi

Qonunga ko’ra, rahbarning ish vaqtidan keyin majlis belgilashi qonunbuzarlikdir. Ish vaqti tugagandan keyin rahbar tomonidan xodimlarni majlisga chaqirish mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Bu holat xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish sifatida baholanadi va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Majlislar majburiymi?
Mehnat kodeksining 189-moddasiga ko‘ra, xodimlarni belgilangan ish vaqtidan tashqari har qanday ishga jalb qilish qonunbuzarlik sanaladi. Bu tartibga rioya etmaslik tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi bo‘yicha jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.
Xodimning huquqlarini poymol qilish noqonuniydir
Mehnat kodeksining 115-moddasi xodimdan mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan ishni talab qilishni yoki ularning huquqlarini buzadigan harakatlarni amalga oshirishni qat’iyan taqiqlaydi. Ish vaqtidan tashqaridagi majlislar ushbu qoidaga zid hisoblanadi.
Rahbar qonun talablarini buzgan taqdirda, qonunchilikka ko‘ra, unga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinishi mumkin. Bu jarima mehnat qonunchiligini buzgan mansabdor shaxslar uchun belgilangan. Bundan tashqari, majlis vaqtini noto‘g‘ri belgilash xodimlarning ishh samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazadi va tashkilotning ichki obro‘siga putur yetkazadi.
Nima qilish kerak?
Rahbarga qonuniy asoslarni tushuntirib, mehnat qonunchiligiga rioya qilishni talab qilish lozim. Agar bunday talablar inobatga olinmasa, xodimlar mehnat inspeksiyasiga murojaat qilib, o‘z huquqlarini himoya qilishlari mumkin.



