$
 11979.83
-1.98
 13904.99
25.26
 164.99
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi bitta kitob oʻqigan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqaradi Tartibi qanday?

mahkum

O‘zbekistonda endi mahkumlar o‘qigan har bir kitob uchun ularning jazo muddati 3 kunga qisqaradi. Buning uchun ular maxsus test topshiradi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 12-iyun kuni qabul qilingan “Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jazoni o‘tash davrida to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Adabiyotlar roʻyxati tasdiqlanadi

Unga ko‘ra, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarda to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlar ro‘yxati har yili 1-yanvarga qadar tasdiqlanadi. Shundan so‘ng bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga taqdim etiladi.

Shu bilan birga, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jazoni o‘tash davrida to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha imtihon maxsus dasturiy ta’minot orqali inson omilini istisno etgan holda, test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

Bir yilda koʻpi bilan 30 kunga

Talabgorning jazo muddati har bir o‘qigan kitobi uchun uch kunga, biroq bir yilda ko‘pi bilan o‘ttiz kungacha qisqartiriladi. Bunda talabgor o‘qigan kitobi bo‘yicha test sinovini bir yilda ikki marotaba topshiradi. Har bir adabiyot bo‘yicha 25 tadan iborat test topshirig‘I shakllantiriladi hamda har bir test topshirig‘i uchun ikki daqiqa vaqt ajratiladi. Maxsus dastur orqali har bir adabiyot bo‘yicha test sinovi jami 100 ballik tizim asosida hisoblanib, har bir test savoli uchun 4 ballberiladi. Talabgor tomonidan har bir adabiyot bo‘yicha 70 va undan yuqori ball to‘plangan taqdirda test sinovi muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib bo‘yicha qonun joriy yilning yanvar oyida qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, mahkum tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan uning jazoni o‘tash muddatini qisqartirish sud tomonidan amalga oshiriladi.

Теги :
Jamiyat