Oʻzbekistonliklar “LUKOIL-PERSONAL” tashkilotiga ishga taklif qilinmoqda
Ish beruvchi tomonidan yo‘l xarajatlari, ishlash ruxsatnomasi, yashash joyi hamda 3 mahal ovqat uchun kompensatsiya to‘lanadi.
2 daqiqa o‘qiladi

Ish beruvchi yo‘l xarajatlari, ishlash ruxsatnomasi, yashash joyi hamda 3 mahal ovqat uchun kompensatsiya beradi.
Bo‘sh ish o‘rinlari
Rossiya Federatsiyasining “LUKOIL-PERSONAL” tashkiloti quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga mutaxassislarni taklif etadi: https://t.me/migratsiyaagentligi/15499
- burg‘ulash uskunalari mashinisti 4+razryad - 185 000 - 203 000 rubl (+rag‘batlantirish);
− burg‘ulash uskunalari mexanigi 4+razryad - 172 000 - 191 000 rubl (+rag‘batlantirish);
− burg‘ulash uskunalari elektr qismlari taʼmirchisi 4+razryad - 172 000 - 210 000 rubl (+rag‘batlantirish);
− neft va gaz qazish tsexi operatori 3+razryad - 96 263 rubl (+rag‘batlantirish);
− neft va gaz qazish tsexi taʼmirchisi 4+razryad - 90 490 rubl (+rag‘batlantirish);
− neft va gaz qazish tsexi elektrogaz payvandchisi 4+razryad - 111 640 rubl (+rag‘batlantirish).
Talablar
Nomzodlar Rossiyaga kirishga va O‘zbekistondan chiqishga taqiq bo‘lmasligi, sudlanmagan, diplom yoki sohaga doir hujjatlari boʻlishi, rus tilini bilishi, 18 yoshdan yuqori hamda soha bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bulishi lozim.
Ish beruvchi yo‘l xarajatlari, ishlash ruxsatnomasi, yashash joyi hamda 3 mahal ovqat uchun kompensatsiya beradi.
Ishchilar suhbat asosida olinadi
Suhbat vaqti: 24-sentabr soat 10:30 da boshlanadi (fuqarolik va xorijga chiqish pasporti bilan kelish shart)
Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70a-uy. Mo‘ljal: Oydin bozor ro‘parasi



