$
 12191.25
15.72
 14111.37
-40.25
 154.20
-0.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Yo‘qolgan orzular: Insoniyat qurishga jur’at qilmagan TOP—10 ta ulkan loyiha

Loyiha

Ba’zan odamlar shunchalik katta va g‘aroyib qurilish loyihalarini o‘ylab topadiki, agar ular amalga oshganida, bugungi dunyo butunlay boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin edi. Bir kilometrdan baland binolar, ulkan piramidalar yoki shahar ustiga quriladigan aeroportlar kabi rejalar bir paytlar jiddiy muhokama qilingan. Lekin urushlar, moliyaviy muammolar yoki juda katta xarajatlar sabab bu loyihalar oxir-oqibat qurilmay qolgan. Shunday bo‘lsa ham, ushbu g‘oyalar inson tasavvuri va imkoniyatlari qanchalik keng ekanini ko‘rsatib turadi.

Quyida tarixda qurilishi rejalashtirilgan, ammo qurilmagan eng g‘aroyib va ulkan megaloyihalar haqida ma’lumotlarni jamladik.

Nakheel minorasi — Dubay

Исчезнувшие мечты: 10 амбициозных мегапроектов, которые ...

2002-yilda Dubayda balandligi 1 005 metr bo‘lgan ulkan minora qurish rejalashtirilgan edi. Agar loyiha amalga oshganida, u dunyodagi birinchi bir kilometrdan baland bino bo‘lishi kerak edi. Qurilish 2020-yilda yakunlanishi kutilgan, ammo 2009-yildagi global moliyaviy inqiroz Dubaydagi ko‘chmas mulk bozoriga kuchli zarba berdi. Natijada loyiha to‘xtatildi va bu ulkan minora qurilmadi.

“Illinois” osmono‘pari — Chikago

The Frank Lloyd Wright office towers that never were - WORKTECH Academy

1956-yilda mashhur amerikalik me’mor Frank Lloyd Wright Chikagoda balandligi 1 600 metr bo‘lgan osmono‘par bino qurishni taklif qilgan. Bu loyiha o‘sha davr uchun futuristik g‘oya edi. Ammo uning narxi nihoyatda qimmat, texnik jihatdan esa juda murakkab deb topildi. Shu sabab loyiha amalga oshmadi. Biroq bu g‘oya keyinchalik zamonaviy osmono‘par binolar loyihalariga ilhom bergan va Dubaydagi Burj Xalifa minorasida ham uning ruhi seziladi.

Sovetlar saroyi — Moskva

Unbuilt Moscow: the 'new Soviet' city that never was – in ...

1930-yillarda me’mor Boris Iofan Moskva markazida balandligi 495 metr bo‘lgan ulkan Sovetlar saroyi qurishni taklif qilgan. Bino tepasiga Lenin haykali o‘rnatilishi rejalashtirilgan edi. Loyiha uchun 1931-yilda Xristos Najotkor sobori buzib tashlangan va qurilish 1937-yilda boshlangan. Biroq Ikkinchi jahon urushi boshlangach ishlar to‘xtab qolgan va keyinchalik loyiha butunlay bekor qilingan. 1990-yillarda esa buzib tashlangan sobor yana qayta tiklangan.

Trafalgar maydonidagi piramida — London

1815-yilda britaniyalik siyosatchi Frederik Uilyam Trench London markazidagi Trafalgar maydonida balandligi 91 metr bo‘lgan piramida qurishni taklif qilgan. Loyiha hatto ommaga taqdim etilgan, ammo uning qiymati juda qimmat — hozirgi hisobda taxminan 150 million dollar bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Shu sabab bu g‘oya amalga oshmagan va keyinchalik bu maydonda Nelson ustuni qurilgan.

Kristal Pels minorasi — London

1851-yilda Londonda shisha va temirdan qurilgan mashhur Kristall saroy barpo etilgan. Keyinchalik me’mor Charlz Berton bu binoni 305 metr baland osmono‘par minoraga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan. Biroq muhandislar bunday inshoot o‘z og‘irligiga bardosh bera olmasligi mumkinligini aytib, loyihani xavfli deb baholagan. Natijada bu reja qog‘ozda qolib ketgan.

“Globus” minorasi — Nyu-York

Never-Built Coney Island Globe Tower Would Have Been a Massive Boardwalk in  the Air | 6sqft

1906-yilda me’mor Samuel Frid Nyu-Yorkdagi Koni-Aylend hududida 213 metr balandlikdagi ulkan shar shaklidagi bino qurishni taklif qilgan. Bu bino mehmonxona, kazino va ko‘ngilochar parkni birlashtirgan dunyodagi eng katta attraksion markaziga aylanishi kerak edi. Loyiha uchun 1,5 million dollar yig‘ishga urinishgan, ammo keyinchalik bu tashabbus firibgarlik bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘lib, loyiha to‘xtatilgan.

Bernhem rejasi — Chikago

No image description available.

1909-yilda me’mor Daniel Bernhem Chikago shahrini butunlay qayta qurish rejasini taqdim etgan. Unda keng bulvarlar, katta maydonlar, parklar va neoklassik uslubdagi binolar qurilishi ko‘zda tutilgan edi. Agar loyiha amalga oshganida, Chikago hatto “preriyadagi Parij” deb atalishi mumkin edi. Ba’zi g‘oyalar amalga oshgan bo‘lsa-da, Buyuk depressiya davrida loyiha to‘liq qo‘llab-quvvatlanmay qolgan.

Linkoln yodgorligi piramidasi — Vashington

The Lincoln Memorial could have been a pyramid. See all the forgotten  proposals. | Vox

1911-yilda AQSh prezidenti Avraam Linkoln sharafiga quriladigan yodgorlik loyihalari tanlovida turli g‘oyalar taklif qilingan. Me’mor Jon Rassell Poup piramida, zikkurat va maya ibodatxonasi uslubidagi variantlarni taqdim etgan. Ammo oxirida Henri Bekon taklif qilgan yunon uslubidagi loyiha tanlangan.

Barselonadagi “Masiya rejasi” — Ispaniya

19 astonishing megaprojects that never happened ...

1930-yillarda mashhur me’mor Le Korbusye Barselonani butunlay qayta qurish rejasini ishlab chiqqan. U eski binolarni buzib, o‘rniga baland uylar va katta yashil hududlar qurishni taklif qilgan. Ammo fuqarolar urushi va Franko diktaturasi sabab loyiha amalga oshmagan. Natijada shahar tarixiy qiyofasini saqlab qolgan.

Manxettendagi tom usti aeroporti — Nyu-York, AQSh

Manhattan Airport by William Zeckendorf in 1946, dubbed in LIFE Magazine as  "New York's Dream Airport" : r/Unbuilt_Architecture

1946-yilda tadbirkor Uilyam Zekendorf Manxetten markazida 144 kvartal ustini yopib, tomida aeroport qurish g‘oyasini ilgari surgan. Loyiha narxi 3 milliard dollar deb baholangan. Bu g‘oya juda qimmat va shahar hayotiga katta muammolar keltirishi mumkinligi sabab bekor qilingan.

Теги :
Jamiyat