Moskvadagi mehnat muhojirlari o‘z geolokatsiyasini uzatib turuvchi ilovani majburiy o‘rnatadi
Moskva koʻp funksiyali migratsiya markazi (MMS) ma’lum qilishicha, 1 sentyabrdan boshlab Rossiyada mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kelgan O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Gurjiston, Ozarboyjon, Moldova va Ukraina fuqarolari “Amina” nomli mobil ilovani o‘rnatishi shart.
2 daqiqa o‘qiladi

📍 Moskva koʻp funksiyali migratsiya markazi (MMS) ma’lum qilishicha, 1 sentyabrdan boshlab Rossiyada mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kelgan O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Gurjiston, Ozarboyjon, Moldova va Ukraina fuqarolari “Amina” nomli mobil ilovani o‘rnatishi shart.
🔑 Ilovaning vazifalari:
– MMS manzilida ro‘yxatdan o‘tish
– Yashash manzili haqida Ichki ishlar vazirligini xabardor qilish
– O‘z geolokatsiya ma’lumotlarini politsiyaga uzatish
⚠️ Geolokatsiya ma’lumotlari uzatilmasa:
– Bir necha kun mobaynida ma’lumot kelmasa, fuqaroga manzilni tasdiqlash yoki yangisini koʻrsatish xabari yuboriladi
– Uch ish kuni davomida ma’lumot kelmasa, MMS manzilidan ro‘yxatdan chiqariladi
– Bunday holatlar muhojirni “nazoratdagi shaxslar reyestri”ga kiritishga olib kelishi mumkin
📋 Ro‘yxatdan o‘tish talablari:
– Ilovani fuqarolar oʻzlari oʻrnatishi kerak
– Avtorizatsiya uchun MMS tomonidan berilgan “xorijiy fuqaro kartasi” talab qilinadi
– Kartasi yo‘qolgan taqdirda, pasport ma’lumotlari orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin
🌐 Amal qiladigan hududlar:
– Hozircha faqat Moskva shahri va Moskva oblasti hududida
– Agar muhojir boshqa hududda ro‘yxatdan oʻtsa yoki Rossiyani tark etsa, MMSdagi ro‘yxatdan oʻtkazilishi bekor qilinadi
💬 Rasmiy izoh:
– Rossiya rasmiylari bu choralarni “qonunga itoatkor muhojirlar uchun qulay tizim yaratish” deb baholamoqda
🎓 Nazorat va monitoring:
– Avgust oyida Rossiya ta’lim muassasalariga maxsus koʻrsatmalar tarqatilgan
– O‘qituvchilarga muhojir bolalarga yuqori diqqat talab etiladi
– “An’anaviy qadriyatlar” va davlat ramzlariga tahqirlovchi fikrlar, “Muhim mavzular haqida suhbat” darslariga munosabat va Rossiya uchun noodatiy kiyim-boshlar monitoring ostiga tushadi



