$
 11975.36
-98.06
 14020.75
-113.6
 162.91
-1.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Qirg‘iziston davlat xizmatchilari yozda pidjak va galstukdan voz kechdi

mansabdorr

Qirg‘iziston bosh vaziri Adilbek Kasimaliyev davlat idoralarida elektr energiyasini tejash maqsadida yangi tartib joriy etdi. Endilikda davlat xizmatchilariga yoz mavsumida pidjak va galstukdan voz kechib, yengil ko‘ylakda ishlash tavsiya qilinadi.

Maqsad nima?

14-maydan kuchga kirgan farmoyishga ko‘ra, bu chora ofislarda konditsionerlardan kamroq foydalanish va elektr sarfini qisqartirishga xizmat qiladi. Hukumat rahbari kostyum sabab xonalar haddan tashqari sovutilayotganini, oddiy ko‘ylakda esa konditsionersiz ham ishlash mumkinligini ta’kidladi.

Kasimaliyev bu borada Yaponiya tajribasini misol qilib keltirdi. U yerda 2005-yildan buyon “Cool Biz” dasturi amal qilib, yoz oylarida amaldorlar soddalashtirilgan kiyimda ishlaydi hamda ofislardagi konditsioner harorati +28 darajada saqlanadi. Natijada mamlakatda milliardlab iyena mablag‘ tejalgan.

5 yilda 25 foiz

Qirg‘iziston hukumati ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi besh yilda mamlakatda elektr energiyasi iste’moli 25 foizdan ortiq oshgan. 2020-yilda 15,4 milliard kVt/soat bo‘lgan ko‘rsatkich 2025-yilga kelib 19,3 milliard kVt/soatga yetgan. Shu bilan birga, yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlari talab ortishiga ulgurmayapti.

Теги :
Jamiyat