$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
uzfood

O‘zbekistonda ayollar uchun avtobus haydash bo‘yicha bepul kurslar tashkil etiladi

ayol haydovchi

Transport vazirligi mamlakatda avtobus haydash huquqini beruvchi “D” toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun ayollar uchun bepul kurslar tashkil etilishini e’lon qildi. Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Bepul o‘qish va ishga joylashish imkoniyati

Dastur doirasida haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qish to‘liq bepul bo‘lib, barcha xarajatlar BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan qoplanadi. Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylariga ishga qabul qilinadi.

Transport vazirligining bildirishicha, ushbu tashabbus “Toshkent – kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Talablar va hujjatlar qabul qilish muddati

Bepul o‘quv kurslarida ishtirok etish istagida bo‘lgan xotin-qizlar 2025-yil 20-martgacha elektron tarzda projecttailev@mintrans.uz elektron pochta manziliga taqdim etishi lozim.

Qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

• nomzodlar 21 yoshga to‘lgan va 45 yoshdan oshmagan ayol kishi bo‘lishlari;

• kamida uch yil mobaynida “B”, “C” yoki “BC” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik guvohnomasiga va stajiga ega bo‘lishi.

Nomzodning kamida uch yil mobaynida “B”, “C” yoki “BC” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik guvohnomasiga va stajiga ega bo‘lishi kerak. Kamida uch yillik haydovchilik staji mavjudligi quyidagilar orqali aniqlanadi:

• egalik huquqi asosida yoki ijara huquqi asosida nomzodga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi (tex.pasport yoki ishonchnoma);

• mehnat shartnomasi bo‘yicha haydovchilik staji.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘qishni yaxshi tamomlaganlar “Toshshahartransxizmat” avtobus saroylariga haydovchi sifatida ishga qabul qilinadi.

Теги :
Jamiyat