$
 12075.98
63.77
 13800.43
69.27
 157.32
-0.82
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda qaysi banklar kredit kartasi taklif qilmoqda?

Kredit karta

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kredit kartalari bozori faol rivojlanmoqda. Ayni paytda bir qator tijorat banklari va ularning raqamli platformalari mijozlarga kredit limiti, foizsiz davr va turli foiz stavkalari bilan kredit kartalarini taklif etmoqda.

Bankir kanali aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 9 ta bank tomonidan 11 ta kredit karta mahsuloti taklif qilinmoqda. Ayrim banklar bir nechta kredit karta mahsulotiga ega.

Ipak Yo‘li Bank

Ipak Yo‘li Bank mijozlarga ikkita kredit karta mahsulotini taklif qiladi.

Imkoniyatlar” kredit kartasi:

  • Kredit limiti – 100 mln so‘mgacha;
  • Foizsiz davr – 55 kungacha;
  • Yillik foiz stavkasi – 42 foizdan.

Shuningdek, bankning MONIX raqamli kredit kartasi ham mavjud. U quyidagi shartlarni taklif etadi:

  • Kredit limiti – 50 mln so‘mgacha;
  • Foizsiz davr – 62 kungacha;
  • Yillik foiz stavkasi – 41 foiz;
  • Kartani chiqarish va xizmat ko‘rsatish – bepul.

AVO Bank

AVO Bankning AVO Platinum kredit kartasi:

  • Kredit limiti – 100 mln so‘mgacha;
  • Foizsiz davr – 45 kungacha;
  • Yillik foiz stavkasi – 27,9 foizdan.

Agrobank

Agrobank kredit kartasi:

  • Kredit limiti – 100 mln so‘mgacha;
  • Imtiyozli davr mavjud;
  • Yillik foiz stavkasi – 27 foizdan.

InfinBank

InfinBlack kredit kartasi:

  • Kredit limiti – 100 mln so‘mgacha;
  • Yillik foiz stavkasi – 25,55 foizdan;
  • Foizsiz davr – 50 kungacha.

TBC Bank Uzbekistan

Osmon Card kredit kartasi:

  • Kredit limiti – 50 mln so‘mgacha;
  • Foizsiz davr – 55 kungacha.

SQB

SQB kredit kartasi:

  • Kredit limiti – 2 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha;
  • Foizsiz davr – 55 kungacha;
  • Yillik foiz stavkasi – 26,9 foiz;
  • Kartani chiqarish – bepul.

Hamkorbank

Hamkorbank ham mijozlarga ikkita kredit karta mahsulotini taklif etadi.

Klassik kredit kartasi:

  • Kredit limiti – 50 mln so‘mgacha;
  • Foizsiz davr – 50 kungacha;
  • Yillik foiz stavkasi – 40 foizdan.

Shuningdek, bankning Tez raqamli kredit kartasi quyidagi shartlarni taklif qiladi:

  • Kredit limiti – 50 mln so‘mgacha;
  • Foizsiz davr – 62 kungacha;
  • Yillik foiz stavkasi – 43,2 foiz;
  • Kartani chiqarish va xizmat ko‘rsatish – bepul.

Orient Finans Bank

Orient Finans Bank premium toifadagi kredit kartalarini taklif qiladi. Ular orasida Visa Infinite va Mastercard World Elite mavjud. Bank ushbu kartalar bo‘yicha kredit limiti va foiz stavkasini ochiq e’lon qilmagan. Shartlar mijozning moliyaviy holatidan kelib chiqib individual belgilanadi.

APEXBANK

APEXBANK ham kredit kartasini taklif etadi.

  • Kredit limiti – 50 mln so‘mgacha;
  • Yillik foiz stavkasi – 40 foizdan;
  • Foizsiz davr – 55 kungacha.

Qaysi kredit karta eng qulay?

Taklif etilayotgan mahsulotlar orasida eng uzoq foizsiz davr 62 kun bo‘lib, bunday imkoniyatni MONIX va Tez kredit kartalari taqdim etadi. Eng past e’lon qilingan yillik foiz stavkasi esa 25,55 foiz bilan InfinBank'ning InfinBlack kredit kartasiga tegishli. Undan keyingi o‘rinlarda SQB (26,9 foiz), Agrobank (27 foizdan) va AVO Bank (27,9 foizdan) joylashgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha,kredit kartasini tanlashda faqat foiz stavkasiga emas, balki foizsiz davr, kredit limiti, xizmat ko‘rsatish xarajatlari, naqd pul yechish shartlari va qo‘shimcha qulayliklarga ham e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Aynan shu omillar qaysi mahsulot siz uchun haqiqatan ham foydali ekanini belgilaydi.

Теги :
Jamiyat