$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ipoteka kredit to‘lovchilar soni ortib bormoqda

ipoteka

O‘zbekistonda katta miqdorda ipoteka kredit to‘lovchilar soni ortib bormoqda. Bu uylar narxi oshgani va inflyatsiya bilan bog‘liq.

38 mingdan oshiq o‘zbekistonlikning o‘rtacha ipoteka to‘lovi – 5 mln. so‘m

2024-yilning 6 oyi davomida 2-5 mln so‘m, 5-7 mln so‘m va 7 mln so‘mdan ko‘proq ipoteka krediti to‘lovchilar soni ko‘paydi. Aksincha 2 mln so‘mdan kam oylik to‘lovni amalga oshiruvchi qarzdorlar sezilarli kamaydi.

O‘rtacha ipoteka krediti to‘lovi hozirda 3 mln so‘mni tashkil qilmoqda. 38 mingdan oshiq o‘zbekistonlik o‘rtacha oylik ish haqi — 5 mln so‘mdan ko‘proq ipoteka to‘lovini qilib keladi. Ko‘pchilik o‘rtacha ipoteka krediti to‘lovi nega past ekanligidan hayratlanishi mumkin. Biroq, bundan 10-15-yil ipoteka krediti olganlar hamon uylari uchun to‘lov qilayotganini unutmaslik kerak.

Ipoteka krediti borlarning 41 foizi 2 mln so‘mgacha to‘lov qiladi. Lekin 10 yil oldin bu katta va har oy to‘lash qiyin pul edi. Mana O‘zbekistonda inflyatsiya so‘nggi yillarda qay darajada bo‘lgan… 10 yil oldingi to‘lovlar hozir u qadar katta ko‘rinmaydi.

Inflyatsiya bundan keyin ham bo‘ladi

Hozir ipoteka krediti olayotganlar bilan ham shunday holat bo‘ladi, lekin avvalgilaridek emas. Inflyatsiya bundan keyin ham bo‘ladi, biroq Markaziy bank siyosati hozir o‘zgargan. Avval asosiy maqsad so‘mni dollarga nisbatan qadrsizlanib ketmasligini nazorat qilish edi.

Shuningdek, 2026-yilgacha 5 foizlik inflyatsion targetga erishish Markaziy bank uchun eng asosiy vazifa hisoblanadi. Bu ehtimol 2026-yilda amalga oshmasligi mumkin, ammo baribir sodir bo‘ladi.

Natijada inflyatsiya avvalgi yillardagidek doimiy ravishda ikki xonali raqamlarda bo‘lmaydi.