$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Qashqadaryoda 1 mlrd. soʻmdan ortiq pullarni talon-toroj qilgan hokim yordamchisi ushlandi

kredit

DXX axborot xizmati xabar berishicha, Shahrisabzda kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan hokim yordamchisi va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Talon-toroj qilingan 440,3 mln. soʻm kredit mablagʻi

Qashqadaryoda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Shahrisabz shahridagi MFYdan birining hokim yordamchisi F.A. mansab mavqeidan foydalanib, toʻqimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati uchun texnikalar ulgurji savdosiga ixtisoslashgan MChJ rahbari R.M. bilan til biriktirib, 2022-2023 yillarda naslli chorva mollari sotib olish, parrandachilik, asalarichilik, tikuvchilik, issiqxona tashkil etish va boshqa maqsadlarda 14 nafar fuqaro nomidan imtiyozli kredit olish uchun shartnoma va hisob-faktura hujjatlariga elektron raqamli imzo orqali soxta ma’lumotlar kiritgan holda ATBga taqdim etishgan. Natijada, bank tomonidan 440,3 mln. soʻm kredit mablagʻi ajratilgan.

Yana bir holat

Shuningdek, hokim yordamchisi boshqa MChJ rahbari X.S. bilan ham kelishib, 25 nafar fuqaro nomidan soxta ma’lumotlar taqdim etish orqali ATBdan 733,3 mln. soʻm kredit mablagʻi ajratilishiga erishgan. Shu tariqa, jami 1 mlrd. 173,6 mln. soʻm kredit mablagʻi talon-toroj qilingan.

Tergov harakatlari

Hozirda hokim yordamchisi, MChJ rahbarlari hamda boshqalarga nisbatan JKning 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.