$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekiston banklarida kredit foizlari 1,8 foizga oshgan

kredit

Bugun kimga qaramang, krediti bor yo kimgadir kafil. Bu jozibador takliflar, raqobatbardor tizim, past foizli kreditlardan deb boʻlmaydi, aslo. Bunga aholining daromadi pastligi, oddiy telefon yoki maishiy texnika mahsulotlarini ham yashashdan orttirib, uch yo toʻrt oylik maosh bilan olib boʻlmasligi sababdir. Kredit foizlari esa yildan-yilga qimmatlab bormoqda.

Uzoq muddatli kreditlar qimmatlagan

2024-yilning yanvar oyida O‘zbekistondagi davlat va tijorat banklarida uzoq muddatli kreditlarning foizi yuqorilab, o‘rtacha hisobda 24,5 foizga yetgan (Imtiyozli kredit va mikroqarz hisobga olinmagan holda). Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Oʻrtacha kredit foizi – 25,1

Taqdim etilgan hisobotda ko‘rish mumkinki, joriy yilda kreditning o‘rtacha foizi 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga oshgan. 

Jismoniy shaxslar uchun ajratilayotgan kredit o‘rtacha 25,1 foizni, yuridik shaxslar uchun 22,9 foizni tashkil etmoqda.

Eng yuqori kredit – 49 foiz

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondagi banklarda kreditning eng yuqori stavkasi 49 foiz, eng kam stavkasi esa, 14 foizni (imtiyozli) tashkil etmoqda.

So‘nggi o‘n yil ichida kreditning o‘rtacha foizi quyidagicha o‘zgargan:

 2014-yilda 16,2 foiz;

 2015- yilda 14,2 foiz;

 2016 -yilda 14,1 foiz;

 2017 -yilda 15,0 foiz;

 2018 -yilda 19,9 foiz;

 2019 yilda 24,8 foiz;

 2020- yilda 20,6 foiz;

 2021- yilda 21,3 foiz;

 2022- yilda 22,4 foiz.

 2023- yilda 22,9 foiz.

Теги :
Iqtisodiyot