$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda onlayn kredit olish tartibi soddalashtiriladi

Kredit

O‘zbekistonda onlayn kredit olish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda 7-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Davlat banklari xususiy banklardan ortda qolmoqda

Qayd etilishicha, moliyaviy xizmatlar hajmini 30 foizga oshirish bo‘yicha aniq rejalar belgilangan.

Prezident davlat banklari onlayn xizmatlar, aholi uchun jozibador yangi mahsulotlar yaratishda xususiy banklardan orqada qolib ketayotganini qayd etdi.

Misol uchun, o‘tgan yili xususiy banklarda masofaviy xizmatdan foydalanuvchilar soni 32 foizga oshgan bo‘lsa, davlat banklarida bor-yo‘g‘i 13 foizga oshgan.

Masofaviy xizmat ko‘rsatish 

Banklar joriy yilda masofaviy xizmat ko‘rsatishni kamida 30 foizga o‘stirishi muhimligi ta’kidlandi. Misol uchun, kadastr, soliq, adliya idoralarining bazasi banklar axborot tizimiga integratsiya qilinsa, garovga qo‘yilgan mulkni notariusga borib, taqiq qo‘yish amaliyoti bekor bo‘ladi.

Mutasaddilarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qaror ishlab chiqib, kiritish topshirildi.

Mahalliy avtomobillar uchun kredit foizlari pasayishi mumkin

Avvalroq O‘zbekistonda mahalliy avtomobillar uchun avtokredit berishda chegirmalar hisobga olinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ko‘plab avtosalonlar avtomobil xaridi uchun pul to‘liq to‘lansa chegirma bermoqda. Lekin amaldagi qoidalarga ko‘ra, kreditga beriladigan avtomashina uchun bu chegirmani banklar qabul qilmaydi. Agar banklarga chegirma qabul qilishga ruxsat berilsa, kredit stavkasi 4 foizga arzonlashadi.

Prezident bu cheklovni mahalliy avtomashinalar uchun bekor qilish muhimligini aytdi.

Теги :
Jamiyat